Sulton Abdulsamad jome masjidi
Masjid | |
Sulton Abdulsamad jome masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Hudud | Kuala-Lumpur |
Koordinatalar | 3°8′56.06″N 101°41′45.46″E / 3.1489056°N 101.6959611°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi Mavr meʼmorchiligi Moʻgʻul meʼmorchiligi |
Meʼmor | Arthur Benison Hubback |
Binokorlik sanasi | 1909 yil |
Soʻngi imom | Ustoz Hoji Yahya Mahyuddin bin Datuk Haji Utoh Said (2017–hozrigacha) |
Oʻlchami | 1000 |
Gumbazlar soni | 3 |
Gumbazlar soni | 3 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Sulton Abdulsamad jome masjidi Vikiomborda |
Jome masjidi, rasman Sulton Abdulsamad jome masjidi (malaycha: Masjid Jamek Sultan Abdul Samad) – Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi eng qadimiy masjidlardan biri[1]. Bino Kelang va Gombak daryolarining qoʻshilish qismida joylashgan boʻlib, masjidga Jalan Tun Perak orqali kirish mumkin. Masjid Arthur Benison Hubback tomonidan loyihalashtirilgan va 1909-yilda qurilgan.
„Jamek“ nomi arabcha jamiʿ (جامع) soʻzining malaycha ekvivalenti boʻlib, odamlar toʻplanish uchun yigʻiladigan joy degan maʼnoni anglatadi[2]. Mahalliy aholi binoni „Juma masjidi“ deb ham atashadi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Kelang va Gombak daryolarining qoʻshilishida eski malay qabristoni joylashgan hududda qurilgan va jome masjidi deb nomlangan[4][5]. Ilgari Java va Malay koʻchasi hududida malaylarga xizmat koʻrsatadigan bir nechta masjidlar mavjud edi, ammo jome masjidi Kuala-Lumpurda qurilgan birinchi yirik masjid hisoblangan. Masjidning tamal toshi 1908-yil 23-martda Selangor sultoni Sulton Sir Alaeddin Sulaymonshoh tomonidan qoʻyilgan va 1909-yil 23-dekabrda masjidni rasman ochib bergan[6][7]. Masjid qurilishi 32 625 dollarga teng, qisman Malay jamoasi tomonidan Britaniya mustamlaka hukumati hissasi bilan moliyalashtirilgan[2]. Masjid arxitektori Arthur Benison Hubback boʻlib, Indo-Saracenik uslubda masjidni loyihalashtirgan va hind musulmon moʻgʻul meʼmorchiligi uslubini oʻzida erkin aks ettirgan[8]. Jome masjidi 1965-yilda Negara Milliy masjid qurilgunga qadar Kuala-Lumpurning asosiy masjidi sifatida xizmat qilgan.
Oʻshandan beri masjid hududida qoʻshimcha binolar qurilgan. Dastlab ochiq hovli ustida tom qoʻshilgan[9].
2017-yil 23-iyun kuni masjid nomi Selangor sultoni Sharafuddin Idrisshoh tomonidan Sulton Abdulsamad jome masjidi deb oʻzgartirilgan, chunki masjid dastlab Selangor shtatining bir qismi boʻlgan quruqlikda bunyod etilgan.
Xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid dizaynida mavr, hind-saracen va moʻgʻul meʼmorchiligidan foydalanilgan[10]. A. B Hubback, shuningdek, Kuala-Lumpur temir yoʻl stansiyasi va Kuala Kangsardagi Ubudiah masjidi kabi bir qator binolarni xuddi shunday uslubda loyihalashtirgan. Masjidda kichikroq minoralar qatorida ikkita asosiy minora mavjud, gʻisht va ganchdan ishlangan minoralarning pushti va oq tasma naqshlari „qon va bint“ sifatida tasvirlangan[9][11]. Masjid 3 ta gumbazli boʻlib, eng kattasi 21.3 metr (70 ft) balandlikka ega. Namoz oʻqish zalining yuqori qismi gumbazlar bilan tugagan[2]. Masjid 1984-yilda taʼmirlangan, daryoga eng yaqin joyda joylashgan minora allaqachon nishab boʻlgani sababli unga poydevor qoʻyilgan.
Kirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid nomi majmuadan tashqarida joylashgan Masjid Jamek LRT stansiyasiga berilgan boʻlib, Kuala-Lumpurning eng gavjum hududlaridan biri hisoblanadi va Kelana Jaya, Sri Petaling va Ampang liniyasi orqali xizmat koʻrsatadi. Stansiya Chinatown va Kichik Hindiston oʻrtasida joylashgan, shuningdek, Dataran Merdeka maydoniga ham yaqin.
Jome masjidining imom va muazzinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sulton Abdulsamad jome masjidining bosh imomlari:
- Ustoz Hoji Muhammad bin Awang Besar (1976–1995-yillar)
- Ustoz Ahmad Tarmiziy bin Abdulrazoq
- Ustoz Mohd Saiful Azhar (2010-yil)
- Ustoz Mohd Faisal bin Tan Mutallib (2010–2017-yil noyabr)
- Ustoz Hoji Yahyo Mahyuddin bin Datuk Hoji Utoh Said (2017-yil dekabr – 2023-yil may)
- Ustoz Hoji Ahmad Rosidi bin Muhammad (2023-yil iyun – hozirgacha)
- Imomlar:
- Ustoz Hoji Abdulhalim bin Yatim (1994–2018-yil 12-dekabr)
- Ustoz Mohd Zamri bin Shafie (2004–2013-yillar)
- Ustoz Mohd Hisyam bin Azman (2012–2013-yillar)
- Ustoz Mohd Syukri bin Ismoil (2012-yil 31-dekabr – 2019-yil)
- Ustoz Ahmad Nizzam bin Rasali (2014-yildan – hozirgacha)
- Ustoz Ahmad Firdavs bin Nordin (2013–2014-yillar)
- Ustoz Abdulrazoq bin Ismoil (fevral 2015–2016-yillar)
- Ustoz Muhammad Farhan bin Nasharuddin (2015-yil fevralidan – hozirgacha)
- Ustoz Muhammad Adeeb bin Nasharuddin (noyabr 2017 – hozirgi kungacha)
- Ustoz Luqmon ibn Abdulmajid (2020-yil 1-fevral – hozirgi kungacha)
Muazzinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muazzinlar boshligʻi:
- Ustoz Mohd Izwan bin Sharif (2014-yil noyabrgacha)
- Ustoz Nor Azaruddin bin Ahmad (2014-yildan – hozirgacha)
- Ustaz Azliy bin Ibrohim (2019-yildan – hozirgacha)
Muazzinlar:
- Ustoz Mohd al-Shahqafi (2011–2012-yillar)
- Ustoz Mohd Syukri bin Ismoil (2011-yil dekabr – 2012-yil iyul)
- Ustoz Muhammad Hofiz bin Mohd Orif (2012-yil iyuldan – hozirgacha)
- Ustoz Mohd Farhan bin Nasharuddin (2013-yil iyundan – 2015-yil yanvar)
- Ustoz Mohd Raizal (2013–2014-yillar)
- Ustoz Ahmad Sayuti bin Ismoil (fevral 2015–2016-yillar)
- Ustoz Hoji Sayid Hasri bin Syed Umar al-Habsyi (2017-yil yanvar–dekabr)
- Ustoz Zulfadli bin Jaafar (2018-yil – hozirgacha)
- Ustoz Azmarul Husnika (2017-yil noyabr – hozirgacha)
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Masjidning Gombak va Kelang daryolarining qoʻshilish joyida koʻrinishi
-
Jome masjidi hamda Gombak va Kelang daryolarining qoʻshilish joyi koʻrinishi, 2011-yil
-
Daryoning narigi tomonidagi jome masjidining koʻrinishi
-
Tahorat olish joyi
-
Namoz oʻqish zali
-
2016-yil davomidagi qurilish ishlari
-
Orqa fonda Gombak va Kelang daryolari qoʻshilish joyidagi jome masjidi va Zero Mile ustuni
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jamek Mosque“. Tourism Malaysia. 2014-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Masjid Jamek, a beautiful mosque surrounded by the city“. Malaysia Travel Guide. 2017-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
- ↑ „Masjid Jamek: Friday Mosque“. History Asia. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
- ↑ J.M. Gullick. A History of Kuala Lumpur 1856-1939. The Malaysian Branch of the Royal Asiatic Society, 2000 — 164-bet.
- ↑ Bavani M. „Rock-solid proof of 200-year-old graves“. The Star (2016-yil 13-aprel). 2017-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Lam Seng Fatt. Insider's Kuala Lumpur (3rd Edn): Is No Ordinary Travel Guide. Open Your Eyes to the Soul of the City, 3rd Revised, Marshall Cavendish International Asia Pte Ltd, 15 October 2011 — 38–39-bet. ISBN 978-981-4435-39-0.
- ↑ „Masjid warga kota“. Utusan Malaysia (2013-yil 27-fevral). 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
- ↑ Malaysian Institute of Architects. Architectural Heritage: Kuala Lumpur - Pre-Merdeka. Pertubuhan Akitek Malaysia, 2007.
- ↑ 9,0 9,1 Audrey Southgate. A Walking Tour Kuala Lumpur, 2nd, Marshall Cavendish Editions, 15 January 2014. ISBN 978-981-4516-94-5.
- ↑ Malaysian Institute of Architects. Architectural Heritage: Kuala Lumpur - Pre-Merdeka. Pertubuhan Akitek Malaysia, 2007 — 20-bet.
- ↑ „Hubback Walk“. Museum Volunteers, JMM (2014-yil 22-iyun).