Kontent qismiga oʻtish

Sulton Murod-mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahzoda Sultonmurod Mirzo
 Boburiylar sulolasi shahzodasi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1570-yil
Vafoti 1599-yil
Fuqaroligi Boburiylar davlati
Ota-onasi

Shahzoda Sultonmurod Mirzo (1570-yil 8-iyun – 1599-yil 12-may) – Boburiylar sulolasidan boʻlgan shahzoda, Malva (1590–1594), Berar (1596–1599) va Assam (1595–1597) hokimi. Boburiylar sulolasi hukmdori Buyuk Akbar I va Bibi Salima Sulton (?– 1599) oʻgʻli.

Jahongirnoma“ asarining muallifini yozishicha, Murod Mirzo podishoh Akbarning oʻgʻli boʻlib, uning oʻgay ukasi Doniyol Mirzo bilan bir sulola xonadonida tugʻilgan. Baʼzi manbalarda uning onasi Akbarning xotini Salima Sulton Begim boʻlgani toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud[1].

  1. Beveridge, Henry Akbarnama of Abu’l-Fazl ibn Mubarak. – Calcutta: Asiatic Society, 1907. – Vol. III.
  • Beveridge, Henry. Akbarnama of Abu’l-Fazl ibn Mubarak. Calcutta: Asiatic Society, 1907.