Sulton Nigorxonim
Sulton Nigorxonim (1528-yilda vafot etgan) Fargʻona vodiysi podshosi Sulton Mahmud Mirzoning Samarqandlik toʻrtinchi xotini. U Moʻgʻulistonning Buyuk xoni Yunusxon va uning ikkinchi xotini Shoh Begimning qizi boʻlib, Chagʻatoy xonligining malikasi hisoblanadi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sulton Nigorxonim Moʻgʻulistonning Buyuk xoni Yunusxon va uning ikkinchi xotini Shoh Begimning ikkinchi qizi boʻlib, Chagʻatoy xonligi malikasi hisoblanadi[1]. Uning otasi tomonidan bobosi Uvaysxon, Moʻgʻulistonning Moʻgʻul xoni va otasining salafi boʻlib, yirik mulk egalaridan boʻlishgan.
Sulton Nigorxonim otasi tarafdan Moʻgʻullar imperiyasining asoschisi va Buyuk xoni (imperatori) Chingizxonning bevosita avlodi boʻlib hisoblanadi. U xonning qizi boʻlib, tugʻilishidayoq „xonim“ („xon yoki malikaning qizi“) unvoniga ega edi. U, shuningdek, Hindiston Boburiylarning asoschisi va uning birinchi imperatori boʻlgan imperator Boburning ona tarafdan xolasi edi[2].
Nikohlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahmud Mirzo
[tahrir | manbasini tahrirlash]U dastlab manbalarga koʻra 15 yoshida Sulton Mahmud Mirzoga turmushga chiqadi. U bilan boʻlgan nikohdan bitta oʻgʻli bor edi, Sulton Vois, shuningdek, Xon Mirzo nomi bilan mashhur. U Mahmud Mirzodan 1495-yil yanvar oyida beva qoldi. Mahmud Mirzo Samarqandda vafot etgach, u Toshkentdagi ukalarining saroyiga ular bilan birga qaytib ketgan.
Oviq Sulton
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keyinchalik u oʻzbek qozoqlarining boshligʻi Aviq Sulton Jujiga turmushga chiqqan. Haydar Mirzo bir oz hukumdorlik qilgandan soʻng, Shayboniy ukasi Mahmudxonni oʻldirgach Aviq uni tashlab, oʻzbek qozoqlariga yani oʻz xalqiga qoʻshilib qaytib ketgan, bir muddatdan soʻng Sulton Nigor ham uning ortidan Moʻgʻulistonga yoʻl oldi.
Uning Aviqdan ikki qizi boʻlib, biri Abdulla Quchinga turmushga chiqqan biroz muddatdan keyin yosh kelin vafot etgan boʻlsa, ikkinchisi Rashid Sulton Chagʻatoyga turmushga chiqqan.
Qosimxon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aviq vafot etgach, Sulton Nigor uning ukasi Qosimga turmushga chiqqan, bu turklarning yanglik odatiga koʻra boʻlgan boʻlsa kerak.
Qosim vafoti bilan qozoqlar xonligi Sulton Nigorning Tohir ismli oʻgay oʻgʻlining hukmiga oʻtadi. Tohir unga qattiq bogʻlangan boʻlib, hatto uni dunyoga keltirgan onasidan ham afzal koʻrganligi haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Sulton Nigor Tohirning mehrini qadrlashini koʻrsatdi, lekin unga iltijo qilib dedi: „Siz mening farzandim boʻlsangiz ham, qolgan hamma farzandlarimdan ham sizni aʼloroq koʻrsam ham, meni Toshkentdagi ukamning qarorgohiga olib borishingizni soʻrayman. Chunki men qarib qoldim, Oʻzbekiston choʻllarida bu sarson-sargardon hayotga chidashga endi kuchim yetmaydi. Meni tinch va orom oladigan joyga olib boring.“ Keyin Sulton Nigor unga vositachilik qilishni va uning dushmanlariga qarshi Moʻgʻul xoqonlarining yordamini olishni taklif qildi. Tohir uni Moʻgʻuliston chegaralarigacha kuzatib qoʻydi va u bilan Saidni kutib turdi. Ikkinchi onasining mehri sababli, u Tohirni qabul qilish uchun bu ishni qilishi Chingiz (ularning umumiy ajdodlari) qoidalariga zid boʻlsa ham, Tohir oʻgay onasini olib kelgani uchun toʻgʻri tushunilib shunday qilganini maʼlum qildi.
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sulton Nigorxonim 1528-yilning yozida ichki qon ketishdan vafot etadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Lal, Ruby. Domesticity and power in the early Mughal world. Cambridge: Cambridge University Press, 2005 — 69-bet. ISBN 9780521850223.
- ↑ https://www.ancestry.com/genealogy/records/sultan-nigar-khanum-24-2khcmt/ qaraldi:2