Kontent qismiga oʻtish

Sulton Salohiddin Abdulaziz masjidi

Koordinatalari: 3°04′41″N 101°31′16″E / 3.078°N 101.521°E / 3.078; 101.521
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sulton Salohiddin Abdulaziz masjidi
malaycha: Masjid Sultan Salahuddin Abdulaziz
arabcha: مسجد سلطان صلاح الدين عبدالعزيز
Sulton Salohiddin Abdulazizshoh masjidining Taman Tasik Shah Alamdan koʻrinishi
Mamlakat  Malayziya
Selangor Shah Alam
Koordinatalar 3°04′41″N 101°31′16″E / 3.078°N 101.521°E / 3.078; 101.521
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
malay meʼmorchiligi
Meʼmor Dato Baharuddin Abu Kassim
Binokorlik 19821988
Oʻlchami 24,000
Gumbaz balandligi 106.7 m (350 ft)
Gumbaz yoʻgʻonligi 51.2 m (168 ft)
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4
Minoralar balandligi 142.3 m (467 ft)
Qurilish materiali beton, poʻlat, alyuminiy, shishasimon emal bilan qoplangan poʻlat panellar, yogʻoch, shisha, keramik plitka
Holati amaldagi

Sulton Salohiddin Abdulazizshoh masjidi (malaycha: Masjid Sultan Salahuddin Abdulaziz, arabcha: مسجد سلطان صلاح الدين عبدالعزيز) – Malayziyada joylashgan Selangor davlat masjidi. Inshoot Shah Alamda joylashgan boʻlib, mamlakatdagi eng katta, shuningdek, hajmi boʻyicha Janubi-Sharqiy Osiyodagi ikkinchi yirik masjid hisoblanadi[1]. Binoning boshqa masjidlardan ajralib turadigan xususiyati bu uning katta koʻk va kumush gumbazidir. Masjid toʻrtta minorali boʻlib, bino hududining har bir burchagida bittadan minora qurilgan[2].

Masjid sulton Salohiddin Abdulaziz tomonidan 1974-yil 14-fevralda Shah Alam Selangorning yangi poytaxti deb eʼlon qilgan vaqtda foydalanishga topshirilgan. Binoning qurilish ishlari 1982-yilda boshlangan va 1988-yil 11-martda yakunlangan. Masjid oʻzining koʻk gumbazi tufayli Moviy masjid sifatida ham tanilgan. 

Masjid dunyodagi eng katta islomiy gumbazlardan biriga ega boʻlib, diametri 51.2 m (168 ft), yer sathidan 106.7 m (350 ft) balandlikda qurilgan[2]. Inshootning toʻrtta minorasi boʻlib, har birining balandligi yer sathidan 142.3 m (467 ft)ga yetadi[3] va Jazoirdagi Djamaa el Djazaïr masjididan keyin dunyodagi uchinchi eng baland masjid hisoblanadi. Dastlabki yillarida masjid minorasi Ginness rekordlar kitobiga dunyodagi eng baland minora sifatida kiritilgan, biroq keyinchalik 1993-yilning avgustida 210 m (690 ft) balandlikdagi Hasan II masjididagi ushbu masjiddan oʻzib ketgan[4] . Shunday boʻlsa-da, masjid hanuzgacha dunyodagi eng baland minoralar guruhiga kiradi.

Arxitekturasi va xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjid koridori (birinchi qavat)
Tungi moviy masjid

Sulton Salohiddin Abdulazizshoh masjidi dizayni malay va modernistik uslublarning uygʻunlashuvidan hamda malay va islom arxitekturasining elementlaridan iborat. Gumbazning ichki egri chizigʻida va devor qismlarida arab xattotligida ishlangan bezaklar koʻrinib turadi. Xattotlik ishlari misrlik Shiekh Abdel Moneim Mohamed Ali El Sharkawi tomonidan amalga oshirilgan. Masjidning eshiklari, derazalari va devorlarida murakkab alyuminiy panjaralar mavjud. Zalga kiradigan yorugʻlik miqdorini kamaytirish uchun derazalar koʻk vitrajlar bilan jihozlangan. Filtrlangan yorugʻlik ichki makonga zangori muhit bagʻishlaydi va tashrif buyuruvchilarda tinchlik va osoyishtalik tuygʻusini uygʻotadi. Baland shiftda balau va ramin daraxti yogʻochidan yasalgan qizil uchburchak panellar mavjud boʻlib, ular oʻzaro kesishgan holda oʻrnatilgan. Masjid gumbazi alyuminiydan yasalgan, tashqi yuzasi shishasimon emal bilan ishlangan uchburchak poʻlat panellar bilan qoplangan boʻlib, Qur’on oyatlari rozetkasi bilan bezatilgan.

Asosiy namoz oʻqish zali ikki qavatdan iborat boʻlib, toʻliq gilam bilan qoplangan, xonada konditsioner ham mavjud boʻlib, dunyodagi eng katta namozxonalardan biri hisoblanadi. Namoz oʻqish zalining yuqori galereyasi namozxon ayollar uchun ajratilgan, birinchi qavatda qabulxona, maʼmuriy idoralar, konferensiya zallari, kutubxona va maʼruza xonalari joylashgan[2]. Masjid 12 600 namozxonni sigʻdira oladi[2], masjidning oʻlchami shunchalik kattaki, uni kunduzi Kuala-Lumpurning baʼzi bir nuqtalaridan koʻrish mumkin[5].

Masjid Islom sanʼati bogʻiga qarab qurilgan. Ushbu 14 gektarlik maʼnaviyat ziyoratgohida xattotlik, haykaltaroshlik, rasm va meʼmorchilik kabi islom sanʼatining boy turlarini namoyish etadigan toʻqqizta galereya mavjud[3].

Ushbu masjidning dizayni keyinchalik Indoneziya, Bekasi, Kalimalang shahridagi Jami al-Azhar Jakapermay masjidiga moslashtirilgan.

  1. „Masjid Sultan Salahuddin Abdulaziz Shah“. VisitSelangor.com (2021-yil 1-iyul).
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Blue Mosque (Sultan Salahuddin Abdulaziz Shah Mosque)“. Malaysian Ministry of Tourism-VirtualMalaysia.com (2011). 2011-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-yanvar.. Malaysian Ministry of Tourism-VirtualMalaysia.com. 2011. Archived from the original (Wayback Machine saytida 2018-12-25 sanasida arxivlangan) on 5 June 2011. Retrieved 26 January 2011.
  3. 3,0 3,1 „Tourism Malaysia-Selangor destinations-Blue Mosque“. Government website-Tourism Malaysia (2011). 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-yanvar.
  4. „Travel Experience-The Blue Mosque“. Ministry of Tourism-VirtualMalaysia.com (2004-yil 24-dekabr). 2011-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-yanvar.
  5. „A Focal point for Shah Alam Muslims“. New Straits Times (1988-yil 11-mart). Qaraldi: 2010-yil 17-noyabr.