Sulton baxt begim
Qiyofa
Sulton Baxt begim (1360-66— 1430-yillar, Nishopur) — Amir Temurning qizi. Onasi — Oʻljoy Turkon Ogo begim. S.B.b. tabiatan shaddod, oʻjar va erkaklarga xos tabiatga molik boʻlib, erkaklarni unchalik yoqtirmagan. S.Sulton baxt begim Sher Baxromning oʻgʻli Muhammad Mirkaga nikoxlangan. Sohibqiron kuyoviga Xuttalon viloyatini inʼom qilgan. Biroq Muhammad Mirka 1388-yil isyon koʻtargan, isyon bostirilib Muhammad Mirka ukasi Abulfath bilan Sohibqironning oʻgʻli Umarshayx Mirzo farmoniga koʻra qatl etilgan. 1389-yil malika S.Sulton baxt begim amir Dovud dugʻlatning oʻgʻli amir Sulaymonshohga nikoh qilingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |