Kontent qismiga oʻtish

Sulton sayidxon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sulton sayidxon (1490, Turfon 1533.9.7) — Yorkend xonligi xukmdori (1514—33). Chigʻatoiylardgm. Sulton Ahmadxonning oʻgʻli. 1503-yil otasi bilan amakisi Sulton Mahmudxonnmt Axsi yaqinida Shayboniyxon bilan boʻlgan jangida qatnashgan. Sulton Ahmadxon vafotidan soʻng taxt uchun kurashlarda akasi Mansurxondan yengilgan. S.S. Andijonga, soʻngra Kobulga, qarindoshi Bobur huzuriga borgan. Bobur uni izzatikrom bilan kutib olgan. 1510-yil Boburning Kobuldan Qunduzga yurishi chogʻida S.S. u bilan birga boʻlgan. Tarixchi Mirzo Haydarning amakisi Sayid Muhammad mirzo Andijonni shayboniylardan (Jonibek sultondan) qaytarib olgach (1511), Boburni taklif etadi. Bobur S.S.ga Andijon taxtini beradi. Qashqar hokimi Abu Bakr mirzo 20 ming kishilik qoʻshin bilan Andijonga yurish qilgan, S.S. kichik qoʻshin (1,5 ming kishi) bilan Andijondan 2 farsax uzoklikdagi NutNugʻ mavzeida bu katta qoʻshin ustidan zafar qozongan (1511-yil 24 oktabr). S.S. shayboniylarga qarshi kurashda Boburga yordam bergan. 1514-yil shayboniy sultonlar Andijonga yurish uyushtirganlar. S.S. shaharni tashlab Sharqiy Turkistonga ketgan. 1514-yil Abu Bakr mirzoni yengib, Qashqarni egallagan. 1522-yil butun Sharkiy Turkistonni tobe etgan. Umrining soʻnggi yillarida Tibetni egallash uchun kurash olib borgan. Mamlakatda tartib oʻrnatish yuzasidan qator tadbirlarni amalga oshirgan. Abu Bakr mirzodan krlgan davlat xazinasini musodara etib, uning. bir qismini davlat arkonlari, lashkarboshilari, qoʻshin va fuqarolarga taqsimlab bergan. Oqsu va Turfon sh.lari va bir qancha kjshtoklar qayta kurilgan. Din arboblariga katta hurmat koʻrsatilgan. Birok, S.S. 1522-yildan boshlab maishatga, ichkilikka berilib ketib davlat ishlariga eʼtibor bermay qoʻygan. Tarixchilarning taʼrifiga koʻra, S.S. atoqli siyosatdon boʻlibgina qolmasdan, taniqli olim, shoir, musiqashunos ham edi. Saʼid taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. S.S. mohir xattot, musavvirlikda, muqr oʻyish, tosh qirqish (sangtaroshlik), zargarlik, otni bezash, quymachilik, kamon, xanjar, shamshir yasash, duradgorlik hunarlarida shuhrat qozongan. S.S. shikorni yaxshi koʻrgan, uning qonunqoidalaridan saboq bergan.

Omonbek Jalilov.