Kontent qismiga oʻtish

Sultonali Rahmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sultonali Rahmatov
Tavalludi 13-yanvar 1970-yil (1970-01-13) (54 yosh)
Janrlar Klassik, pop, jazz, rok-n-rol
Kasbi Sozanda, kompozitor, bastakor
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari
Veb-sayt Sultonali Rahmatov

Sultonali Rahmatov (1970-yil 13-yanvar, Toshkent, OʻzSSR) – sozanda, kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2010), Nyu-York qirollik akademiyasi kompozitori (2006), Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli badiiy rahbari.

Sultonali Rahmatov 1970-yil 13-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Otasi Ahmadjon Rahmatov va onasi Oliya Omonova koʻp yillar oldin dunyodan oʻtishgan. Bolaligidan musiqaga qiziqqan va „Respublika harbiy oʻgʻil bolalar internat sanʼat maktabi“ni bitirgan. Bolaligidan mashhur kompozitor Pol Maria, „Enigma“ guruhi musiqalarini yaxshi koʻrib eshitgan va ulardan taʼsirlangan. 1987-yil Toshkent konservatoriyasi (hozirgi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi)ga oʻqishga kiradi. Uni ommaga tanitgan „Oʻzbekiston“ musiqasi 1994–2005-yillar Oʻzbekiston telekanalining „Assalom Oʻzbekiston“ axborot-musiqiy dasturining boshlanish musiqasi sifatida hamda Oʻzbekistondagi koʻplab bayram tantanalarida foydalanilgan.

1998-yilning yanvar oyida Teatr va rassomchilik (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat) institutida xonanda Nilufar Saidova bilan uchrashadi. U bilan ijodiy faoliyat davomida turmush qurishadi, lekin maʼlum vaqt oʻtganidan keyin ajrashishadi. Ular turmushlari mobaynida Farina va Safina ismli ikki qiz farzand koʻrgan[1].

2010-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan. Sultonali Rahmatov oilali. 8 ta farzandi, ikki nevarasi bor[2].

Sultonali Rahmatovning ilk yakkaxon kontserti 2006-yil Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan va unga 70 000$ mablagʻ ketgan[3]. Oʻzbekistondagi ilk konserti esa 2007-yilda Samarqanddagi Registon maydonida boʻlib oʻtgan.