Kontent qismiga oʻtish

Sultonmurod Olimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sultonmurod Olimov — (1954, Buxoro viloyati, Vobkent tumani) adabiyotshunos, navoiyshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1985).

Sultonmurod Olimov
Tavalludi 1954-yil
Buxoro viloyati Vobkent tumani
Yoʻnalish Adabiyotshunoslik
Mukofotlari „Mehnat shuhrati“ ordeni (2001), Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti (1994)

Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tugatgan (1976). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida 1976—1994-yillar davomida laborant lavozimida, 1994—1997-yillarda esa katta laborant, kichik va katta ilmiy xodim, keyinchalik doktorant lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Tashqi ishlar vazirligida „Spich rayter“ guruhi rahbari, boʻlim mudiri oʻrinbosari, tahririyat mudiri boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida esa 1997—2000-yillarda konsultant, yetakchi konsultant, bosh konsultant boʻlib ishlagan. 2000-yilda Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari oʻrinbosari etib tayinlangan.

„Navoiyning sheʼrshunos shogirdi“ (1990), „Navoiy asarlari tarjimalari“ (1991), „Ishq, oshiq va maʼshuq“ (1992), „Xoja Bahouddin haqiqati“ (1994), „Bayroq, burj va burch“ (1995), „Naqshband va Navoiy“ (1996), „Luqmayi halol“ (1997), „Milliy mafkura — xalq tayanadigan kuch“ (2000), „Demokratiya — fuqarolik jamiyati“ (2002), „Madhiya“ (2004), „Istiqlol — baxtim-saodatim“ (2007) va boshqa kitoblar, majmua va metodik qoʻllanmalar muallifi.

„Mehnat shuhrati“ ordeni (2001), Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti (1994) sohibi[1].

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 425-bet.