Sultonposhsha Rahimova
Qiyofa
Rahimova Sultonposhsha (1929.8.5, Xiva — 1996.5.9, Urganch) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1955). 1943—74 yillar Xorazm teatrida ishlagan. Layli ("Layli va Majnun"), Nurxon ("Nurxon"), Zuhra ("Tohir va Zuhra"), Nodira ("Nodira"), Oyxon ("Maysaraning ishi"), Sanam ("Aziz va Sanam"), Shohsanam, Oylarbegim ("Oshiq Gʻarib va Shohsanam") kabi rollarini musiqali dramalarda jozibali ovozi, kuchli dramatik kechinmalari bilan mohirona ijro etgan. Shuningdek, dramalarda Guli ("Alisher Navoiy"), Luiza ("Makr va muhabbat"), Larisa ("Sepsiz qiz"), Jamila ("Boy ila xizmatchi"), Xolisxon ("Xolisxon") kabi obrazlar yaratgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |