Kontent qismiga oʻtish

Suluvxon Mambetova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suluvxon Mambetova (1933.1.1, Chimboy) — qoraqalpoq aktrisasi va xonandasi. Qoraqalpogʻiston (1963), Oʻzbekiston (1969) xalq artisti. Nukus musiqaxoreografiya bilim yurtining vokal boʻlimini tugatgan (1967). Chimboy tuman teatri aktrisasi (1948— 50), Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat filarmoniyasi (1950—67), Qoraqalpogʻiston radio va televideniyesining xalq cholgʻulari orkestri (1967-yildan) yakkaxon xonandasi. Shirali, ifodaviy imkoniyatlarga boy ovoz sohibasi. Repertuaridan qoraqal-poq xalq qoʻshiqlari, "Alpomish", "Gʻarib oshiq", "Sayotxon Hamro" kabi dostonlardan parchalar ("Miyan koʻl", "Bibisanam", "Tog orasida", "Eshboy", "Muxalles", "Sanam keldi" va boshqalar), zamonaviy qoʻshiqlar ("Quvontirar meni", "Yangajon", "Dutorim mening", "Oltin qoʻllar", "Intizoringman" va boshqalar), qoraqalpoq kompozitorlari asarlari (A. Sultonov, "Gong shamollari"; X. Turdikupov, "Doʻstimga", "Shodlik sozi"; "Qadringni bil", "Boʻlmasa" va boshqalar), shuningdek, oʻzbek (Sayfi Jalil, "Noz etma"; M. Mirzayev "Ey, Vatan", "Sochlarim tolimtolim" va boshqalar), turkman ("Avezim", "Goʻroʻgʻli" dostonidan) va boshqa xalqlar qoʻshiqlari oʻrin olgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil