Sumatra PDF
Sumatra PDF | |
Dastur interfeysi | |
Muallif | Kshishtof Kovalchik (Krzysztof Kowalczyk) |
---|---|
Chiqarilgan sana | 1-iyun 2006-yil |
So‘nggi versiyasi | / 3.4.6 (8-iyun 2022-yilda) |
Operatsion tizim | Microsoft Windows |
Format(lar)i | PDF, DjVu, FB2, ePub, MOBI, CHM, XPS, CBR/CBZ |
Yozilgan til(lar)i | Koʻp tilli interfeys (60 ta tilni qoʻllaydi, oʻzbek tili ham mavjud) |
Status | faol |
Litsenziya | GNU GPL 3 |
Vebsayt: | https://www.sumatrapdfreader.org |
Dasturlash tili: | C++ va C |
Sumatra PDF — ochiq manbali dastur hisoblanib, Windows operatsion tizimida PDF, DjVu[1], FB2, ePub, MOBI, CHM, XPS, CBR/CBZ kabi formatlarni koʻrish hamda oʻsha formatlardagi hujjatlarni chop etishga moʻljallangan. Ushbu dastur MuPDF dastur dvijogi asosida ishlab chiqilgan va ochiq manba kodiga ega, GNU GPL litsenziya shartlari asosida bepul tarqatiladi.
Oʻziga xosliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastur oddiy, sodda koʻrinishga ega boʻlib, ustuvor jihati foydalanish qulayligi va hujjatlarni koʻrish va chop etishda qulayligidadir. Shuningdek unda matnni nusxalash imkoniyati ham mavjud.
Dastur interfeysi 60 ta dunyo tillarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Dasturni oʻrnatish bilan bir qatorda, koʻchma (portativ) shakli ham mavjud boʻlib, uni hatto flesh xotira va kompyuter xotirasida oʻrnatmasdan foydalansa boʻladi[2].
PDF bilan ishlash xususiyatlari MuPDF dvijogining imkoniyatlari bilan bogʻliq bo'lib, uning asosida dastur yaratilgan.
Koʻpgina boshqa dasturlar (shu jumladan Adobe Acrobat Reader)dan farqli oʻlaroq, u oq-qora tasvirlarni (ishlov bergan holda) aniq miqyoslaydi.
0.9.1 versiyasidan boshlab, PDF hujjatlarida mavjud giperhavolalar qoʻllab-quvvatlana boshladi[3].
Sumatra PDF koʻrsatiladigan PDF faylni bloklamaydi. Bu, masalan, TeX tizimlari bilan ishlashda muhim: TeX manba kodini PDF hujjatini yopmasdan qayta kompilyatsiya qilish mumkin. Sumatra PDF shuningdek, TeX manba matnlari va pdfTeX yoki XeTeX bilan ishlab chiqarilgan PDF formatlarini sinxronlashtirish uchun ikki tomonlama usul boʻlgan SyncTeXʼni qo'llab-quvvatlaydi.
Ishlab chiqish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastur Kshishtof Kovalchik (Krzysztof Kowalczyk)[4] va boshqa dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan.
Sumatraning birinchi 0.1 versiyasi 2006-yil 1-iyunda chiqilgan va Xpdf 0.2 asosida yaratilgan. 1.0 versiyasi 2009-yil 17-noyabrda uch yildan ortiq ishlab chiqilganidan so‘ng chiqarildi.
Sumatra PDF oʻsha paytda Windowsning hozirgi versiyasi boʻlgan Windows XP davrida ishlab chiqa boshladi. Shu sababli, Sumatrada Windowsning eski versiyalari, jumladan Windows 95, 98, ME va 2000 bilan moslik muammolari mavjud.
Dasturning manba kodi Subversion[5][6] hamda GitHub[7] loyihalariga joylangan.
Nomi va logotipi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muallifning fikricha, „Sumatra“ nomi Sumatra oroli yoki qahva navi bilan bog‘liq emas[8].
Sumatraning grafik dizayniga Alan Moore va Dave Gibbonsning Watchmen grafik novellasining muqovasi asos boʻlgan.
Kamchiliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chop etishda, 1.1 versiyasidan oldin, katta hajmli vaqtinchalik fayl tuzgan va bu baʼzi printerlarda sekin bosib chiqarishga olib kelgan[9].
Fikrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Foydalanuvchilarda Sumatra PDF oʻzining tezkorligi va soddaligi[10], tezkor tugmalar va ochiq manbali ekanligi bilan mashhurdir[11].
Manbalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sumatra PDF 1.6 поддерживает файлы DjVu
- ↑ Alan Henry. Sumatra PDF Viewer: Fast and Simple PDF Reading (Wayback Machine saytida 2012-07-22 sanasida arxivlangan). AppScout.
- ↑ Krzysztof Kowalczyk. Sumatra PDF - A PDF Viewer for Windows - Version history
- ↑ Krzysztof Kowalczyk. Sumatra PDF - A PDF Viewer for Windows - Version history
- ↑ Sumatra PDF viewer
- ↑ Source Checkout - sumatrapdf - Project Hosting on Google Code
- ↑ SumatraPDF reader
- ↑ Krzysztof Kowalczyk. Name of Application. Sumatra PDF Viewer forum
- ↑ Wayback Machine poppler Printing with poppler on Windows
- ↑ Anders Ingeman Rasmussen. Sumatra PDF 0.8. Open Source Alternatives (2008)
- ↑ Gina Trapani. Open PDF's in a flash with Sumatra (Wayback Machine saytida 2011-05-22 sanasida arxivlangan). Lifehacker