Kontent qismiga oʻtish

Sunʼiy nafas oldirish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sunʼiy nafas oldirish – sunʼiy yoʻl bilan (maxsus usullar yoki apparatlar yordamida) oʻpkaga havo kiritish va chiqarish, boshqacha qilib aytganda oʻpkaning havo almashtirish funksiyasini tiklash. Mustaqil nafas olish toʻxtaganda yoki buzilganda (nafas yoʻllariga yot jismlar tushganda, is tekkanda, tok urganda, kishi suvga choʻkkanda va boshqa hollarda) qoʻllanadi.

Sunʼiy nafas oldirisho. ekspirator usullar, qoʻl apparatlari – respiratorlar hamda avtomatik respiratorlar yordamida amalga oshiriladi.

Ekspirator usullar apparatsiz („ogʻizdan ogʻizga“, „ogʻizdan burunga“, „ogʻizdan ogʻizga va burunga“) hamda apparatli usullarga boʻlinadi; apparatli usullarda jabrlanuvchi har xil nafas olibchiqarish naychalari, havo oʻtkazgichlar, ogʻizburun niqoblari va boshqalardan foydalanadi. SilvestrBrosh usuli ham qoʻl bilan bajariladigan, yaʼni apparatsiz usulga kiradi. Ekspirator usullar, shuningdek, qoʻl apparatlari – respiratorlar jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilguncha koʻrsatiladigan shoshilinch tibbiy yordamda, koʻpincha statsionar sharoitida ham keng qoʻllanadi. Ular har xil tuzilishdagi ikkita birbiriga tutash moslama – shlang orqali yoki bevosita birlashtirilgan nafas xaltasi yoki meshi va nafas niqobidan iborat.

Avtomatik respiratorlar juda koʻp sonli har xil ixcham va statsionar, jumladan, nafas bilan bogʻliq holatlarni kompyuter orqali boshqaradigan, nafasga olinadigan va chiqariladigan havo aralashmalarini, jabrlanuvchi qonining gaz tarkibini nazorat kilib turadigan va boshqa moslamalardan iborat. Qandayligidan qati nazar, hamma avtomatik respiratorlar umumiy tuzilishga ega. Bularga 1) kislorodning berilish tezligini tartibga solib turadigan moslamasi bor kislorod manbai (kislorodli ballon, markazlashtirilgan kislorod gazli magistral, kislorod konsentratori); 2) kislorodni atrofdagi havo va zarur boʻlganda maxsus gazli aralashma bilan aralashtirib beradigan aralashtirgich; 3) xavo puflash parametrlarini boshqarish mexanizmlari bilan meshni havo yoki gazli aralashmaga toʻldirish moslamasi; 4) nafas niqobi, biriktiruvchi naycha, karbonat angidrid va anestetiklarni konturning teskari qismidagi yutgichdan iborat „nafas konturi“ moslamasi kiradi.

Oʻziga xos avtomatik respirator ham mavjud. Undan injeksion prinsipda havo yuborishda foydalaniladi; traxeotomik yoki traxeostomik naycha orqali traxeyaga injektor kiritiladi va u orqali traxeyaga 1—3 atm bosim ostida toʻxtovsiz kislorod – gazli aralashma yuboriladi. Bunda havo bilan chiqayotgan aralashma oʻpkadan injektor yonidan toʻxtovsiz chiqib ketadi.

Klinika amaliyotida Sunʼiy nafas oldirisho. kuyidagi xrllarda qoʻllanadi: falokat, halokat, baxtsiz hodisalar, ogʻir shikastlanishlarda hodisa sodir boʻlgan joyda, kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda va kasalxona sharoitida; ahvoli ogʻir va hayoti xavf ostida turgan bemorlarda jadal muolaja komponenti sifatida. Bunday bemorlarda mustaqil nafas olishning energetik „bahosi“ organizm uchun juda yuqori boʻladi va mustakil nafas olishni toʻxtatib, apparat yordamida yordamchi yoki toʻliq sunʼiy nafas olishga oʻtish oʻpkada havo almashinish funksiyasining almashtirilishi hisobiga organizm axvolini yengillashtiradi. Bu „reja asosidagi Sunʼiy nafas oldirisho.“ dir; „intubatsion narkoz“ bilan katta operatsiyalar oʻtkazilganda dorilar bilan bemorni bexush qilibgina qolmay, intubatsion naycha orqali mustakil nafas olish ham toʻxtatiladi. Skelet muskullari funksiyasini toʻxtatish mioplegiya yoki miorelaksatsiya deb ataladi, bunday vaziyatlarda xirurgning kerakli sohada, mas, qorin boʻshligʻida operatsiya qilishini yengillashtirish maqsadida nafas olishni toʻxtatibgina qolmay, muskullar ham toʻliq boʻshashtiriladi. Binobarin, faqat intubatsion umumiy narkoz joriy qilinishining oʻzi koʻkrak xirurgiyasining jadal rivojlanishiga, yaʼni koʻkrak boʻshligʻi aʼzolarida bemalol operatsiyalar oʻtkazishga imkon berdi. Bunday operatsiyalarda nafas olishda, asosan, oʻpkaning bir boʻlagi, operatsiya qilinadigan tomondagi boʻlagi esa ozgina qatnashishini taʼminlaydigan maxsus moslamalar va usullar qoʻllanadi; nerv sistemasining baʼzi kasalliklarida, yaʼni diafragmal nerv funksiyasi toʻxtaganda va bemor mustaqil nafas ololmaganda bir necha hafta, oylab va hatgo yillab Sunʼiy nafas oldirisho. usulini qoʻllashga toʻgʻri keladi.

Yuqoridagi hollarda Sunʼiy nafas oldirisho.da oʻtkaziladigan tadbirlar, qoʻllanadigan usullar respirator terapiya deb ataladi. Bu fiziologiya va tibbiyotning emas, balki eng zamonaviy texoʻikava texnologiyaning ham yutugʻi boʻlib, tibbiyot fani va amaliyotida eng ilgor usul hisoblanadi.

Joʻra Sobirov.