Kontent qismiga oʻtish

Sun Bin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sun Bin (Quyosh qutisi)

Sun Bin – Xitoyning dastlabki harbiy yozuvchisi Xitoy tarixidagi urushayotgan davlatlar davrida yashagan (mil. avv 316-yil). U Vey(Xitoy hududidagi podshohlik) xizmat qilayotgan vaqtda Vatanga xiyonat qilishda ayblanib, yuziga tatuirovka chizishga hamda tizzalarini kesib tashlashga hukum qilingan. Shundan soʻng, Sun Bin Vey podshohligiga qochib kelgan, soʻngra Chi-podshohligida (Qi-xitoyning qadimgi podshohligi) harbiy qoʻmondon boʻlib xizmat qilgan. U Chi podshohligining Guiling va Maling janglarida hamda Vey davlatiga qarshi urushda gʻalabaga erishgan.

Sun Bin yoshligidanoq oʻzining mohir qobilyatliligi bilan tanilgan. U Pang-(Mongoliya hududidagi podshohlik) davlati barbod boʻlgandan soʻng, u Vey davlatiga harbiy general sifatida xizmat qilish uchun kelgan va bir nechta janglarda gʻalaba qozonganidan keyin mashhurlika erishdi.

Sun Chi davlatiga qarshi chiqqanlikda ayblandi. Qirol tomonidan Sunni yuziga tatuirovka qilish va tizzalarini olib tashlashga hukm qilindi va Sunni jinoyatchi deb eʼlon qilindi va u umrbod mayib qilib qoʻyildi. Oxir oqibat,Sun Pang (Sun Binning eng yaqin doʻsti) ning asl niyatlarini anglab yetdi va oʻzini aqldan ozgan qilib koʻrsatdi. Keyinchalik Sun Chi davlati diplomatlari yordamida Vey davlatidan ketdi.

Ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sun Bining (Sun Binning „Urush sanʼati“) kitobi harbiy kitob edi. Bu kitob Xan sulolasidan keyin yoʻqolgan deb oʻylangan. Biroq 1972-yil aprel oyida arxeologlar tomonidan Shandong provinsiyasining Linyi(Xitoyning qadimiy shahri) shahridagi qabrni qazish jarayonida qabrdan bir nechta kitob parchalari topildi. Qabr ichidan Sun Binning „Urush sanʼati“ asari topilgan. Qadimgi matnlarda Sun Binning Urush sanʼati kitobini asli 89 bobdan iborat boʻlganligi aytilgan boʻlsa-da, qayta topilgan nusxada faqat 16 ta tekshirilishi mumkin boʻlgan bob bor edi."Sun Binning urush sanʼati" kitobining parchalari ham topilganligi sababli, tarixchilarning fikriga koʻra, kitobning baʼzi boblar „Urush sanʼati“ ga tegishli boʻlishi mumkin degan xulosaga kelishgan. Bundan tashqari, „Sun Binning Urush sanʼati“ asari bilan solishtirganda, ,,Urush sanʼati" kitobi oldingisidan katta farq qiladi. Birinchisi qamal urushiga qarshi maslahat bergan boʻlsa, ikkinchisi qamal qilingan shaharga hujum qilish usulini taklif qilgan. Bu urushayotgan davlatlar davrining keyingi bosqichlarida qamal urushini strategik koʻrib chiqishning oʻzgarishiga toʻgʻri kelmas edi.

  • Xitoy solnomasi
  • Qadimgi Xitoy tarixi 35.56
  • Konfutsiy asarlari
  • Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 – 2022-yillar. Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022.