Kontent qismiga oʻtish

Sunani Dorimiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
سنن الدارمي
Asosiy maʼlumotlar
Janr Hadis to‘plami
Muallif Imom Dorimiy
Orginal tili Arab

Abdulloh ibn Abdurrahmon al-Dorimiyning (hijriy 181-255) "Sunani Dorimiy" (arab. سنن الدارمي) yoki "Musnadi Dorimiy" (arab. مسند الدارمي) kitobi „al-Kutub as-Sitta“, „al-Muvatto“ va Imom Ahmadning „Musnad“i qatorida ahli sunna olimlari tarafidan eng moʻtabar deb hisoblangan toʻqqiz kitobdan biri sanaladi[1].

„Musnad“ deb atalishiga qaramay, bu kittob boshqa musnadlar – Tayolisiy yoki Ibn Hanbal musnadlari singari roviylarga koʻra tartibga solinmagan. Aksincha, Ibn Mojaning „Sunan“iga oʻxshab mavzular boʻyicha tartiblangan.

Maktaba Shomilaning maʼlumotlariga koʻra, asarda uch yarim mingdan ortiq (aniqrogʻi 3833 ta) hadis mavjud[2]. Hadislar mavzularga koʻra tartibga solingan. Sunandagi hadislarning aksariyati sahih, bir qismi esa zaifdir[3][4].

Naql qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dorimiy bu hadislarni Iso ibn Umar as-Samarqandiyga naql qilgan (uning vafot sanasi nomaʼlum, lekin taxminan hijriy 293-yildan keyin vafot etgan). Shundan soʻng kitob quyidagi olimlarga oʻtgan:

• Abdulloh ibn Ahmad ibn Hamaviya as-Sarxosiy (293-381 hijriy)

• Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Muzaffar ad-Dovudiy „Jamolul-islom“ (374–467 hijriy).

• Abul-Vaqt Abdulavval ibn Iso ibn Shuayb as-Sijizziy (458-553 hijriy).

• Husayn Salim Asad tahriri. Dorul-Mugʻniy. 1420 hijriy/2000-yil. • Al-Musnad al-Jomeʼ – Sunan al-Dorimiy (المُسْنَد الجَامِع المعروف سُنَن الدَّارِمِي) Imom Abu Muhammad al-Dorimiy. Nashriyot: Muassa ar-Risola. Bayrut, Livan[5].