Kontent qismiga oʻtish

Sunbula

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sunbula (yulduz turkumi)dan yoʻnaltirildi)

Sunbula (arab.) — 1) zodiakka tegishli 12 ta yulduz turkumlaridan biri; Veronika sochlari, Hoʻkizboqar, Ilon, Mezon, Gidra, Qargʻa va Asad yulduz turkumlari orasida joylashgan; eng ravshan yulduzi 1yulduz kattaligidagi Spika yulduzidir. Sunbula yulduz turkumida kuzgi tengkunlik nuqtasi joylashgan. Quyosh sunbula turkumida sentyabr oyida boʻladi. Oʻzbekistonda bahor va erta yozda (Yer sharining shim. kengliklarida) koʻrinadi;

2) shamsiya yil hisobida oltinchi oyning nomi. 22 avgustdan 21 sentyabrgacha boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.