Kontent qismiga oʻtish

Supasimon oʻlkalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Supasimon oʻlkalar - tektonik harakatlar natijasida tevarak atrofdan bir oz koʻtarilgan tekisliklar. S.oʻ. zaminidagi togʻ jinslari gorizontal yoki bir oz qiya, ustki qismini choʻkindi jinslar qatlami yoki lava qoplagan boʻladi. S.oʻ.ning eroziya natijasida parchalanishi, tekislangan yuzalarning tektonik yoriqlar bilan ayrim palaxsalarga boʻlinishi natijasida supasimon togʻlar vujudga keladi. Ularning usti tekis yoki salgina oʻrqir, yon bagʻirlari kesilgandek tik tushgan boʻladi. Yuzasi tekis boʻlgani sababli supa deb ataladi. Turkiston tizmasining gʻarbiy qismi (Jizzax viloyati)da Kattasupa, Kichiksupa nomli baland tekisliklar, Fargʻona botigʻining shim.gʻarbi (Namangan viloyati)da Supatogʻ degan togʻ bor. Baʼzan daryo terrasalari ham supa deb yuritiladi.