Kontent qismiga oʻtish

Super Mario World

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Super Mario World


Super Mario World yoki Super Mario World: Super Mario Bros. 4 (yaponcha: スーパーマリオワールド: スーパーマリオブラザーズ4, Sūpā Mario Wārudo: Sūpā Mario Burazāzu fō) Nintendo shirkati tomonidan Super Nintendo Entertainment System (SNES) uchun ishlab chiqarilgan platformer janridagi videooʻyindir. 1990-yilda ommaga havola etilgan. Oʻyin sujeti bosh qahramon Marioning malika Toadstool va Dinozavrlar mamlakati (inglizcha: Dinosaur Land) ni oʻyin antagonisti boʻlmish Bowser va uning minionlari — Koopalinglardan xalos etishi haqidadir. Oʻyin taktikasi avvalgi Super Mario haqidagi oʻyinlarga oʻxshab ketadi: oʻyinchi Mario yoki uning birodari Luigini butun oʻyin davomida boshqaradi.

Super Mario World hamma vaqtning eng zoʻr oʻyinlaridan biri hisoblanadi. U ham tanqidiy, ham tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozongan. Taqriz yigʻuvchi GameRankings sayti oʻyinni 94 foiz ijobiy baholagan hamda hamma vaqtning eng yuqori baholangan oʻn yettinchi oʻyini, deb topgan.[1] 1991-yilda „Yil oʻyini“ mukofoti bilan taqdirlangan.[2][3] Oʻyin umumjahon boʻylab yigirma milliondan ortiq nusxada sotilgan.[4][5] 1991-yilda ushbu oʻyin asosida ayni nomli multserial ham ishlangan.


  1. „All-Time Best“. GameRankings. CBS Interactive. 2009-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-iyun.
  2. Nintendo Power staff 1992, s. 72.
  3. Power Play staff 1992, s. 84.
  4. O'Malley, James „30 Best-Selling Super Mario Games of All Time on the Plumber's 30th Birthday“. Gizmodo. Univision Communications (2015-yil 11-sentyabr). 2017-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
  5. „The Nintendo Years: 1990“. Edge. Future plc. 25 June 2007. 2-bet. 20 August 2012da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27 June 2007.