Kontent qismiga oʻtish

Superortikon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Superortikon (super... va ortikon) — sezgirligi yuqori boʻlgan uzatuvchi televizion trubka. Unda fotokatod yorugʻ tasvirni elektron gasvirga oʻzgartiradi, bu tasvir ikki tomonli nishonga koʻchiriladi, bu yerda tasvir chikish elektr signallari (videosignallar)ga aylanadi va videosignallar kuchaytiriladi. S. telekoʻrsatuvda va studiyadan tashqarida koʻrsatuvlar olib borish uchun moʻljallangan keng tarqalgan uzatuvchi trubkalardan hisoblanadi.