Kontent qismiga oʻtish

Surayyo Negmatova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Surayyo Teshayevna Negmatova
Tavalludi 29-mart 1973-yil (1973-03-29) (51 yosh)
Shahrisabz, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi biolog
Sohasi qishloq xoʻjaligi
Taʼlimi Qarshi davlat universiteti
Ilmiy darajasi qishloq xoʻjaligi fanlari doktori

Surayyo Teshayevna Negmatova (1973-yil 29-mart, Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Surayyo Negmatova 1973-yil 29-martda Shahrisabz tumanidagi Moʻminobod qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1990—1996-yillarda Qarshi davlat universiteti biologiya fakultetida tahsil olgan. 1997—2000-yillardada Shahrisabz tumani 75-maktabda biologiya fani oʻqituvchisi, 2000—2001-yillarda Shahrisabz tumani Ulugʻbek nomli biolaboratoriyada agronomi, 2002—2009-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti aspiranti boʻlgan. 2011-yildan Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti „Almashlab ekish va gʻoʻza viltiga qarshi kurash“ boʻlimiga ilmiy xodimi, keyinchalik „Almashlab ekish va gʻoʻza viltiga qarshi kurash choralari“ laboratoriyasi mudiri vazifasida faoliyat yuritmoqda[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida „Turli muddatlarda va meʼyorlarda angʻizga ekilgan moshning oʻsishi, rivojlanishi, hosildorligi“ mavzusida nomzodlik, 2018-yilda „Taqirsimon va tipik boʻz tuproqlar sharoitida gʻoʻza hosildorligini oshirishda uning qator oralariga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish“ (Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 12 ta ishlab chiqarishga oid tavsiyalar va 5 ta monografiya muallifi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.