Kontent qismiga oʻtish

Surdina

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Surdina (frans. sourdine; lot. surdus — jarangeiz soʻzidan) — musiqa cholgʻu asboblarida tovush kuchini pasaytirish hamda tembr (tovush tusi)ni qisman oʻzgartirish (yumshatish) uchun moʻljallangan moslama. Torlikamonli sozlarda S. uch tishli "taroq" shaklida boʻlib, harak ustidan torlarni bosib turadi. Mis (baʼzan yogʻoch) puflama cholgʻu asboblarda esa S. noksimon yoki konus shaklida yasalib, sozlarning rastrubi ("katta ogʻzi")ga oʻrnatiladi. Fortepianoda S. vazifasini chap pedal bilan ishga tushiriladigan moderator bajaradi.