Kontent qismiga oʻtish

Surepitsa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Surepitsa, dala karami (Brassica campestris) — karamguldoshlar oilasi karam turkumiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turi; moyli ekin. Shimoliy yarim sharning moʻʼtadil iqlimli mintaqalarida, shuningdek, Rossiyaning janubida begona oʻt tarzida uchraydi. S. Eron, Afgʻoniston, Hindiston va Xitoyda, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, qisman Oʻrta Osiyoda moy olish hamda yem-xashak uchun ekiladi. Kuzgi va bahorgi shakllari bor. Poyasi tik usadi, bal. 20—100 sm gacha, yaxshi shoxlanadi, pastki qismi tukli. Pastki barglari bandli, choʻzinchoq. Gultoʻplami uzun shingil, sariq. Mevasi qoʻzoq, uz. 3—5 sm. 1000 ta urugʻi vazni 1.4—2,6 g.

Urugʻi tarkibida 38—50% moy boʻlib, sovun ishlab chiqarish., oziqovqat sanoatida, alif va boʻyoqlar olishda ishlatiladi. Kunjarasi va koʻkati chorva mollariga yaxshi ozuqa hisoblanadi.

Zararkunandalari: burgalar, bargxoʻr, kana, shira, tunlamlar, krrakuya.

Kasall iklari: ildiz chirishi, bakterioz va boshqa

Halima Otaboyeva.