Surhon
Shaharcha | |
39°17′56″N 65°42′14″E / 39.29889°N 65.70389°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Koson tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 180817[1] |
|
Surxon (ruscha: Сурхан) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda Surxon qishlogʻiga shaharcha maqomi berilgan[2].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Surxon shaharchasi choʻlda yangi oʻzlashtirilgan hududida tashkil topgan qoʻrgʻon boʻlib, XX asrning 80-yillaridan boshlab Surxon deb atala boshlangan. Buning asosiy sababi shundaki, mazkur hududga Surxondaryo viloyatining Sherobod, Qiziriq, Jarqoʻrgʻon va Muzrabot tumanlaridan paxtakor, dehqon va fermerlar koʻchib kelib yashay boshlashgan. Lekin aslida bu aholi qashqadaryoliklardan boʻlib, oʻz vaqtida Surxondaryo hududlarini oʻzlashtirish maqsadida Koson, Gʻuzor va Yakkabogʻ tumanlaridan qoʻshni viloyatga XX asrning 50-yillarida koʻchib oʻtishgan.
Surxon shaharchasi Surxon daryosi boʻyida joy olgan. Bu yerga odamlar xoʻjalik va qishloqlardan koʻchib kela boshlagan va hudud kengayib yangidan oʻzlashtirilgan.
„Surxon“ soʻzi aslida surx va ob soʻzlarining birikishidan hosil boʻlgan boʻlsa ham, keyinchalik talaffuzi oʻzgarib ketgan. Surx va ob soʻzlari suvi tarkibida qizil tuproq boʻlganligini anglatadi. Shu tufayli ham, aholi yangi oʻzlashtirilgan hududni Surxob deb atashgan, yaʼni qizil suvli daryo maʼnosida[3].
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Surxon shaharchasining iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati 35-40° ni, yanvarniki esa 0 dan 1° gachani tashkil etadi. Shaharchada vegetatsiya davri 210—240 kunga teng.
Yogʻin miqdori
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 190-200 mm ni tashkil etib, yogʻinning asosiy qismi asosan, bahor va qish oylarida tushadi. Orografik toʻsiqlar yoʻqligi sababli ham sovuq havo oqimlari, asosan, qish oylarida shimoli-sharq tomondan kirib kela oladi.
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharcha sanoatining asosiy qismini fermer xoʻjaliklari taʼminlaydi. Ularda asosan gʻalla va paxta oʻsimliklari yetishtiriladi. 2020-yilda fermer xoʻjaligi tumanda eng koʻp gʻalla yetishtirgan (41 tonna). 2019-yilda esa Koson tumani shaharcha hisobiga eng birinchi gʻalla hosilini topshirgan edi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qashqadaryo pochta indekslari“. golden pages. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 235-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ „Koson tumani g‘alla rejasini birinchilardan bo‘lib bajardi – foto“. kun.uz (2019-yil 17-iyun). Qaraldi: 08-2023.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |