Suron
Qiyofa
Suron — qoʻshinlarning jang maydonida birbiriga qaramaqarshi turgan yoki hujum vaqtidagi askarlar qayqirigʻi. Oʻrta asrlarda chingiziylar, temuriylar va shayboniylar qoʻshinida askarlarning jangovar ruhini koʻtarish, dushmanni vahimaga solish maqsadida keng qoʻllangan taktik amaliyot. S arabcha "Alloh akbar" hamda turkiycha "Hayu hay", "Ura"ga mos tushgan. Temuriylar qoʻshinida oʻtkaziladigan harbiy koʻriklar chogʻida safda turgan jangchilar oliy bosh qoʻmondonga oʻzlarining boʻlajak yurishlarga shayligini, kayfiyatini izhor etish maqsadida birdan va baravariga S solganlar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |