Kontent qismiga oʻtish

Surxon 142

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Surxon 142 — serhosil pomidor navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutining Surxondaryo tayanch punktida navlararo chatishtirish usuli bilan yaratilgan (M. X. Aromov, V. F. Pivovarov, L. Joʻrayeva, N. P. Cheremushkina; 1991). Poyasi baquvvat, kam shoxlangan, bal. 100—155 sm, serbarg, barg tuzilishi kartoshka bargiga oʻxshash. Mevasi yirik (120—130 g), yumaloq, yassiyumaloq, tekis, qizil. Tarkibida 5,8% quruq modda bor. Koʻchati urugʻdan unib chiqqanidan hosil pishishiga qadar vegetatsiya davri 110— 115 kun. Asosan, parniklarda yetishtirilgan va pikirovka qilib oʻstirilgan koʻchatlari dalaga 10—25 aprelda ekiladi (oʻrtagi va kechki muddatlarda 1iyulgacha ekish mumkin). Gullaganidan keyin hosili 50—55 kunda pishadi. Hosildorligi 450—500 s/ga. 1994-yilda Surxondaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.