Kontent qismiga oʻtish

Sushmita Banerji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Sushmita Banerji, Sushmita Bandhopadhyay hamda Sayeda Kamala (1963/1964 — 2013-yil 4/5 sentyabr) nomi bilan tanilgan Hindistonlik yozuvchi va faol ayollardan biri edi[1]. Uning asarlari Afgʻonistonlik yigitga tumushga chiqqani va Tolibon hukmronligi davrida Afg‘onistonda o‘tkazgan davriga asoslangan Kabuliwalar Bangali Bou (oʻzbekcha: Kobullikning bengal xotini; 1997) xotiralarni o‘z ichiga oladi[2]. Hikoya Bollivudning Escape from Taliban (oʻzbekcha: Tolibondan qochish) filmi uchun asos sifatida ishlatilgan. U 57 yoshida 2013-yilning 4-sentabr kuni kechqurun yoki 5-sentabr kuni ertalab Afg‘onistonning Paktika viloyatidagi uyi oldida Tolibon jangarilari deb gumon qilingan jangarilar tomonidan o‘ldirilgan[3].

Sushmita Banerji Kalkuttada (hozirgi Kolkata, Hindiston) oʻrta sinf tabqasiga kiruvchi bengal oilasida tugʻilgan. Uning otasi fuqaro muhofazasi boʻlimida ishlagan, onasi esa uy bekasi edi. Uch oʻgʻildan keyin tugʻilgan Sushmitaning ijodkorlikka boʻlgan munosabati oʻzgacha edi. U bo‘lajak turmush o‘rtog‘i, afg‘on tadbirkori Janbaz Xon bilan ilk bor Kalkuttadagi teatr repetisiyasida uchrashgan. Bu uchrashuv oilaviy rishta bogʻlash uchun ilk poydevor vazifasini oʻtagan[4]. Sushmita va Janbaz Xon 1988-yil 2-iyulda turmush qurishdi[2]. U ota-onasi eʼtiroz bildirishidan qoʻrqqanligi uchun nikohi Kolkata shahrida yashirincha boʻlib oʻtdi. Sushmitaning ota-onasi ularni ajratmoqchi boʻlganida esa u Xon bilan Afgʻonistonga qochib ketdi[2]. Keyinchalik erining Gulguti ismli birinchi xotini borligini bilib qoldi. O‘z kitobida Gulguti qaynog‘asining xotini sifatida tasvirlangan[5]. U hayratda qolgan bo‘lsa-da, Patiya qishlog‘idagi Xonning ota-bobolarining uyida, uchta qaynog‘asi, ularning xotinlari va bolalari bilan yashashda davom etdi[1][2]. Keyinchalik Xon oʻz biznesini davom ettirish uchun Kolkataga qaytib bordi, ammo Banerji borolmadi[2].

Banerji islomni qabul qilish boʻyicha Tolibonlar qoidalariga rioya qilishni rad etdi va Afgʻonistondan qochishga urinishi muvaffaqiyatsiz tugaganidan soʻng qo‘lga olinib, uy qamog‘ida saqlandi. Sushmitaga nisbatan chiqarilgan fatvoga koʻra 1995-yil 22-iyulda qatl etilishi kerak edi[2]. Qishloq muhtarining yordami bilan qochib ketdi. 1995-yil 12-avgustda Kobuldan Kalkuttaga parvoz qildi[2].

U 2013-yilgacha Hindistonda yashab, bir qancha kitoblarni nashr ettirdi. Afg‘onistonga qaytgach, u Afg‘oniston janubi-sharqidagi Paktika viloyatida tibbiyot xodimi bo‘lib ishlagan va mahalliy ayollar hayotini suratga olishni boshlagan[1].

Afg‘on politsiyasi bergan maʼlumotga ko‘ra, 2013-yil 4-sentabrga o‘tar kechasi Banerjining Paktika shahridagi uyiga Tolibon terrorchiligida gumon qilingan jangarilar kirgan. Ular Janbaz Xonni bogʻlab, Sushmitani olib ketishdi. Ertasi kuni tongda 20 ta oʻq teshib oʻtgan jasadi viloyat markazi Sharana chekkasida topildi[3][6]. Tolibon bu voqeaga aloqadorligini rad etdi[7]. Keyinroq „Tolibon“ harakatidan qaytgan politsiya guruhining vakili Banerjini „hind josusi“ deb o‘ylagani uchun o‘ldirganini eʼlon qildi[8].

Sushmita Banerji 1995-yilda Kabuliwalar Bangali Bou („Kobullikning bengal xotini“) asarini yozgan[3]. 2003-yilda kitob asosida Manisha Koirala ishtirok etgan Bollivudning " Escape from Taliban " filmi suratga olingan. U Toliboni Atyachar — Deshe o Bideshe (Afgʻonistonda va chet eldagi Tolibon vahshiyliklari), Mulla Umar, Tolibon O Ami (Mulla Umar, Tolibon va men) (2000), Ek Borno Mithya Noi (Soʻz yolgʻon emas) (2001) mualliflari. va Sabhyatar Sesh Punyabani (Sivilizatsiya oqqushlari)[9][10].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Indian author Sushmita Banerjee executed in Afghanistan by Taliban“. The Times of India (2013-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 5-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 „Exclusive: Knowing Sushmita Banerjee“. Rediff.com (2013-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 5-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 Narayan. „Afghan militants target, kill female author, police say“. CNN (2013-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 5-sentyabr.
  4. Biswas, Soutik. „Indian diarist Sushmita Banerjee 'had no fear'“. BBC News (2013-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 7-sentyabr.
  5. „Indian author Sushmita Banerjee executed in Afghanistan by Taliban“. The Times of India (2013-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 5-sentyabr.
  6. „Sushmita Banerjee was killed for not wearing burqa?“. Zee News (2013-yil 6-sentyabr).
  7. „Indian diarist Sushmita Banerjee shot dead in Afghanistan“. BBC News (2013-yil 5-sentyabr).
  8. Yousafzai, Sami and Moreau, Ron (14 September 2013) ‘We Killed Sushmita Banerjeeʼ Says Renegade Taliban Militia thedailybeast.com
  9. Mitra, Sumit. „On hostile tract : Tales of Taliban barbarism by Afghan's Bengali wife become a bestseller, being filmed“. India Today (2001-yil 22-oktyabr).
  10. „Kabuliwala's wife turns director“. The Times of India (2002-yil 15-may). 2012-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-sentyabr.