Kontent qismiga oʻtish

Sut sogʻish qurilmasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sut sogʻish qurilmasi - sutni vakuum hosil qilib sogʻish uchun moʻljallangan mashina va apparatlar majmui. Elektr dvigatel, vakuumnasos, pulsator, sogʻish stakanlari, kollektor, vakuumballon, vakuum rostlagich, vakuummetr va sut quvurlaridan iborat. Elektr dvigatel yoki ichki yenuv dvigateli quvurlar tizimida vakuum hosil qilishga moʻljallangan boʻlib, vakuumnasosni harakatga keltiradi. Truboprovod vakuumballonni molxonadagi magistral quvur bilan tutashtiradi. Molxonadagi quvurlarga sogʻish joʻmraklari oʻrnatilgan. Vakuumrostlagich quvurda muayyan vakuumni sakdab turadi. Quvurda vakuum haddan tashqari oshib ketsa, rostlagich klapani avtomatik ravishda ochiladi va undagi havo vakuumi kuchini kamaytiradi. Quvurlar tizimiga vakuum tekshirib turiladigan vakuummetr ham oʻrnatiladi. Sut sogʻish qurilmasiq. sut sogʻish stanogi, sut yigʻiladigan va saqlanadigan idish, yelinni yuvish va sogʻish apparatlarini dezinfeksiya qilish qurilmalari, shuningdek sunʼiy sovitish moslamalari va hokazo bilan butlanadi.