Kontent qismiga oʻtish

Sutkali parallaks

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sutkali parallaks — osmon yoritkichi markazidan Yer markazi va uning sirtidagi kuzatuvchiga yoʻnaltirilgan chiziq orasidag i burchak, yaʼni yoritqichdan Yer radiusining koʻrinma burchagi. Sutkali parallaksning qiymati yoritqichning zenit masofasiga bogʻliq va sutka davomida oʻzgarib boradi. Agar yoritqich gorizontda boʻlsa, uning Sutkali parallaks eng katta qiymatga erishadi va gorizontal parallaks deyiladi. Quyosh sistemasi jismlari gorizontal parallakslari ichida eng kattasi Oynikidir (57’). Quyosh uchun 8", 79 sayyoralarniki esa G dan kichik. Bu miqsorlar Quyosh sistemasi jismlarigacha boʻlgan oʻrtacha masofalarni ifodalaydi.