Suv kalamushi
Qiyofa
Suv kalamushi (Arvicola terrestris) — kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Gavdasining uzunligi 24 sm cha, dumi 15 sm cha. Qoʻngʻirkulrang, qoʻngʻir yoki kora. Yevropa, Shimoliy va Old Osiyoda, Rossiyaning gʻarbiy chegarasidan to Baykalgacha boʻlgan joylarda tarqalgan. Koʻlmaklar yoki sekin oqar suv havzalari qirgʻogʻida, dare buyidagi suv bosgan utloklarda yashaydi; asosan, kirgʻoqqa uya yasaydi. Yezda esa suvdagi qamishlar uyumi ustiga in quradi. Aprel—sentabrda urchiydi. Ekinlar (karam, ildizmevalilar)ni yeb, zarar keltiradi. Qishga oziq gʻamlaydi. Suv kalamushi tulyaremiya kasalligi bakteriyalarini tarqatuvchi asosiy manba. Terisi past sifatli muyna beradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |