Suv koʻpayishi
Qiyofa
Suv koʻpayishi — qor va muzning tezlik bilan erishi, jalalar, suv omborlari suvining qoʻyib yuborilishi natijasida qisqa muddat davomida, vaqtincha dare suvi sathining kutarilishi. Yilning turli mavsumida ruy berishi bilan toʻlinsuvlikdan farq qiladi. Agar Suv koʻpayishi daryoning turli qismidagi suv sarfining tezlik bilan oʻsishi natijasida yuzaga kelsa, bu holda u okimning quyi kismi tomon katta tezlikda tarkaladi. Tekislik daryolarida tezligi soatiga 5 km, togʻlarda 45 km ga yetadi. Kuchli Suv koʻpayishi toshqinga sabab boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |