Suv kultivatsiyasi
Suv kultivatsiyasi — suvda yashovchi organizmlar: baliqlar, qattiq qobiqli hayvonlar, mollyuskalar, suv oʻtlari kabilarni madaniylashtirish jarayonidir. Suv kultivatsiyasi tijoriy maqsaddagi baliqchilikdan farqli ravishda chuchuk va shoʻr suvda yashovchi populyatsiyalarni qisman tabiiy yoki toʻla nazorat ostidagi sharoitlarda yetishtirishni oʻz ichiga oladi[1]. Suv kultivatsiyasi suv oʻsimliklari va baliqlarni koʻpaytirish, oʻstirish va ularni mahsulotlaridan foydalanish bilan shugʻullanadigan suvdagi dehqonchilik sifatida taʼriflanadi. Bu yoʻqolib ketish xavfi ostidagi suv populatsiyalarini qayta tiklash, ularning sogʻlom yashash muhitini yaxshilashga yordam berish uchun, shuningdek savdo va oziq ovqat mahsulotlari uchun ham katta tabiiy manba hisoblanadi. Texnologiya qirgʻoq dengiz suvlarida baliqlarning koʻpayishini rivojlantirib yubordi va dengiz taomiga boʻlgan katta talab sababli okeanga yoʻlni ochib qoʻydi[2].Suv kultivatsiyasi suvning sifati, oziqlantirish, harorat kabi yashash sharoitlari inson nazoratiga tayanadigan sunʼiy muhitlarda, qirgʻoq yaqinidagi yaxshi himoyalangan sayoz suvlarda va yoki qirgʻoqdan uzoqda ochiq suv, xilma-xil suv toʻlqinlari kabi tabiiy sharoitlarda maxsus atrofi oʻralgan hududlarda olib borilishi mumkin.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Answers - The Most Trusted Place for Answering Life's Questions“. Answers.com.
- ↑ US Department of Commerce, National Oceanic and Atmospheric Administration „What is aquaculture?“ (EN-US). oceanservice.noaa.gov. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |