Kontent qismiga oʻtish

Suv massalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Suv massalari — suv havzasining maydoni va chuqurligi bilan oʻlchanadigan va muayyan tabiiygeografik sharoitlarda shakllanadigan fizikkimyoviy xususiyatlari kiyosan bir xil boʻlgan suv xajmi. Suv massalarini shakllantiradigan asosiy omillar mazkur oʻlkaning issikdik va suv balansi, yaʼni uning asosiy koʻrsatkichlari temperatura va shoʻrlikdir. Yuzaga kelgan joydan uzoklasha borgan sari Sm. issiklik va suv balansi taʼsirida oʻzgaradi, tevarakatrofdagi suvlar bilan aralashadi. Dunyo okeanining vertikal strukturasida kuyidagi Sm. ajratiladi. Har bir okeanning oʻziga xos Sm. bor. Mas, Atlantika okeanida Golfstrim, Shimoliy tropik va boshqa yuza Sm., Shimoliy subtropik, Janubiy subtropik va boshqa yuza osti Sm., Shimoliy Atlantika, Janubiy Atlantika va boshqa oraliq Sm., Oʻrta dengiz Sm., chuqur Sm. va boshqa; Tinch okeanda — Shimoliy tropik, Shimoliy markaziysubtropik, Janubiy tropik va boshqa yuza osti Sm., Shimoliy Tinch okean, Janubiy Tinch okean va boshqa oraliq Sm. Tinch okeanning chuqur Suv massalaridir.