Kontent qismiga oʻtish

Suv muhofaza zonasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Suv muhofaza zonasi - daryo, kanal, suv ombori va boshqa suv manbalarini eroziya mahsulotlari, kasal tarqatuvchi mikroorganizmlar, kimyoviy va organik moddalar bilan ifloslanishdan saqlash uchun xizmat qiladigan tabiiy oʻrmon yoki ekilgan daraxtzor mintaqasi. Suv muhofaza zonasiz. ning kengligi bir necha yuz metrdan oʻnlab kilometrgacha boʻlishi mumkin. Suv muhofaza zonasiz. da oʻrmon xoʻjaligini yuritishning maxsus tartibi joriy qilinadi: qoʻriqlash kuchaytiriladi, yogʻoch tayyorlash maqsadlarida daraxt kesish taqiqlanadi, daraxtlarni faqat oʻrmonzorlarni tiklash, parvarishini yaxshilash uchungina kesishga ruxsat etiladi. Oʻrta Osiyoning daryolari — Amudaryo, Sirdaryo va ularning irmoqlari boʻylab eni 400 m dan 20 km gacha boʻlgan oʻnlab ming ga maydonda polosa taqiq zona tarzida ajratilgan. Ayniqsa, katta suv omborlari atrofida muhofaza zonalari barpo etishda tabiiy va ekilgan daraxtzorlardan tashqari qishloq xoʻjaligi. ekinlari ham ekiladi. Bu joylarda xoʻjalik ishlari suv havzasining ifloslanish xavfini keskin kamaytiradigan holda olib boriladi; tuproq eroziyasiga qarshi almashlab ekish joriy qilinadi, keng marza va suv singdirgich kanallar kabi oddiy gidrotexnika inshootlaridan foydalanadi. Bevosita qirgʻoq yaqinida yerni haydash, chorva boqish va chorvachilik binolari qurish taqiklanadi. Masalan, Kattaqoʻrgʻon suv omborining Suv muhofaza zonasiz. deyarli 4 ming ga maydonni egallaydi, undan 3,5 ming ga maydonda daraxtzorlar barpo etilgan (1000 ga ortigʻi pistazor). Qayroqqum, Janubiy Surxon, Toshkent va boshqa suv omborlari atrofida ham katta Suv muhofaza zonasiz. tashkil etilgan. Yangi (Chorvoq, Norak, Toʻxtagʻul, Oqtepa, Tuyamoʻyin, Rogʻun va boshqalar) suv omborlari atrofida ham Suv muhofaza zonasiz. barpo etilgan (qarang Suv muhofaza oʻrmonlari).

  • Raxmanov V.V., Vodoreguliruyuhaya rol lesov, L., 1975; Raxmanov V.V., Lesnaya gidrologiya, M., 1981.