Kontent qismiga oʻtish

Suv oʻtkazmaydigan qatlam

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Suv oʻtkazmaydigan qatlam - oʻzidan tabiiy bosimli erkin suvni oʻtkazmaydigan yoki deyarli oʻtkazmaydigan (gillar, gilli slanetslar, darzsiz ohaktoshlar, yaxlit kristalli jinslar) togʻ jinslari yoki ustki va ostki tomonidan suvli gorizont bilan chegaralangan togʻ jinslarining kdglami. S.oʻ.k.ning suvli qatlamga nisbatan suv oʻtkazuvchanligi 10—100 marta kam. Suv oʻtkazuvchanligi yomon boʻlgan togʻ jinslariga gillar, qumoq tuproqlar, alevrolitlar kiradi. Suvni yaxshi oʻtkazuvchi suvli qatlamlar toshqotishma, shagʻal va kumlardir. S.oʻ.q.lardan gravitatsion suvlarni chiqarib olish qiyin boʻlgani uchun yer osti suvlari burgʻi quduqlari orqali suvni yaxshi oʻtkazadigan qatlamlardan tortib olinadi. S.oʻ.q. deformatsiyalanganda yoki ustki qatlam yupqa boʻlganda suv yoki oqma qum toʻsatdan yorib chiqadi.