Kontent qismiga oʻtish

Suv osti tizmalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Suv osti tizmalari - okean va dengizlar tubidagi boʻylama choʻzilgan va bal. 4000–5000 m ga yetadigan koʻtarilmalar. Uzunligi yuzlab — minglab km ga, eni bir necha yuz km ga yetadi. Alohida choʻqqilari baʼzan tizmalar, burmalipalaxsali togʻlar, vulkan tizmalari, yoysimon orollarning burmalipalaxsali tizmalari va vulkanlardan hamda Yer poʻstining yoriklaridan oqib chiqqan bazalt lavalaridan hosil boʻlgan okean oʻrtaliq tizmalaridan iborat. Mas, Shimoliy Muz okeanida Lomonosov, Mendeleyev, Gakkel va boshqa, Atlantika okeanida Oʻrta Atlantika, Afrika—Antarktida, Hind okeanida Arabiston—Hindiston, Maldiv va boshqa, Tinch okeanda Janubiy Tinch okean, Chili, Gavayi va boshqa Suv osti tizmalarit. birbiridan chuqur botiklar orqali ajralgan. Ularning koʻpchiligida teztez zilzilalar boʻlib turadi, harakatdagi vulkanlar bor.