Kontent qismiga oʻtish

Suv qandalalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Suv qandalalari (Cryptocerata) - yarim qattiq qanotlilar turkumi. Keng tarqalgan. 6 oilasi bor. Gavdasi 2–120 mm. Tanasi suvda suzishga yaxshi moslashgan. Suv qandalalarining moʻylovi boshi yonidagi chuqurchalarga yashiringan. Oyoqlari kuraksimon; oldingi oyoqlari yordamida oʻljasini tutadi. Suv qandalalari — yirtqich, suvdagi hasharotlar lichinkasi, qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Baʼzan yosh baliqchalarni yeb, baliqchilikka zarar keltiradi. Oʻrta Osiyo suv havzalarida suv chayonlari (5 tur), suv eshakchalari (20 tur), silliq qandalalar (10 ga yaqin tur) va suv gazchilar (7 tur) oilalariga mansub suv qandalalari tarqalgan.