Kontent qismiga oʻtish

Suv xoʻtikchalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Suv xoʻtikchalari (Asellidae) - teng oyoklilar turkumiga mansub qisqichbaqasimonlar oilasi. Hovuz, koʻl va tinch oqadigan suvlarda koʻp uchraydi. Keng tarqalgan turlaridan biri suv xoʻtikchasining uz. 12–20 mm. 6 juft oyoklari yordamida. suv tubida harakatlanadi. Qorin boʻshligʻidagi plastinkasimon jabralari yordamida nafas oladi. Tuxum qoʻyib, juda tez koʻpayadi. Suv xoʻtikchalarining urgʻochisi tuxumdan chiqqan bolalarini koʻkrak oyoklari asosidagi xaltachasida olib yuradi. Detrit, suvoʻtlar, daraxtdan tushgan va chirigan barglar bilan oziqlanib, suvni tozalaydi; oʻzlari esa baliqlar ozigi hisoblanadi.