Kontent qismiga oʻtish

Suvayba

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Suvayba (shuningdek, Sobiya) ayol sahobiylardan bo‘lib, Muhammad alayhissalomning birinchi sut onalari edi[1]. Uning ismi “Xudoning mukofotiga loyiq” degan ma’noni anglatadi. U “Suvayba al-Islomiya” nomi bilan ham tanilgan.

Suvayba Abu Lahab nomi bilan mashhur Abduluzzo ibn Abdulmutallibning xizmatkori edi[1][2]. Abu Lahab ukasi Abdullohning ayoli Ominaning Muhammad alayhissalomni dunyoga keltirgani haqida xabar topgach, uni ozod qilgan[3].

Suvayba uch kunliklaridan so‘ng Muhammad alayhissalomni va o‘zining o‘g‘li Masrahni emizgan[2]. Suvayba Muhammad alayhissalomning birinchi amakivachchalari Abu Salamani hamda u zotning amakilari Hamza ibn Abdulmuttalibni ham emizgan. Muhammad alayhissalom Hamzaning qizi haqida: “U mening emikdosh akamning qizi”, degan edilar[1].

Bir necha kundan keyin Halima Sa’diya Muhammad alayhissalomni emizish vazifasini o‘z zimmasiga olgan va u zotni taxminan to‘rt yoshga to‘lgunlaricha parvarish qilgan[1].

Muhammad alayhissalomga payg‘ambarlik kelgach, Suvayba musulmon bo‘lgan. Uning o‘g‘li undan oldinroq vafot etgan, o‘zi esa hijriy 7 (milodiy 629) yili olamdan o‘tgan[1].

Tarix