Kontent qismiga oʻtish

Suxona

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Suxona
Tavsif
Uzunligi 558
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Suxona

SuxonaRossiya Federatsiyasi Yevropa qismi (Vologda viloyati) dagi daryo. Kubena kulidan boshlanadi. S.ning koʻldan chiqish joyiga shlyuzli toʻgʻon qurilgan. U Yug daryosi bilan qoʻshilgandan keyin Shimoliy Dvina daryosi hosil boʻladi. Uzunligi 558 km, havzasining maydoni 50,3 ming km², oʻrtacha suv sarfi 463 m³/sek. Yuqori oqimi da (Vologda daryosi quyiladigan joygacha) ilon izi boʻlib sayoz oʻzanda oqadi. Oʻrta oqimida sayoz joyi koʻp, ostonalar bor. Quyi oqimida qirgʻogʻi baland (30 m gacha). Oʻzanida ostona koʻp (eng kattasi Opoka). Nishabi juda kam boʻlganidan, baʼzan, bahorda Vologda va Leja daryolari suvi bosib, S. suvi Kubena koʻliga qaytib oqadi. noyabrda muzlayda, aprel

ning 2-yarmida muzdan boʻshaydi. Shimoliy Dvina sistemasi bilan Sheksna va Volga daryolari orqali birlashtirilgan. Boshidan oxirigacha kema qatnaydi va yogʻoch oqiziladi. S. soxilida Sokol, Totma, Velikiy Ustyug sh.lari joylashgan.