Eruvchan shisha
Qiyofa
(Suyuq shishadan yoʻnaltirildi)
Eruvchan shisha — natriy yoki kaliy silikatlardan iborat rangsiz, shishasimon modda. Eruvchan shisha olish uchun kvars qumi bilan soda, natriy sulfat yoki potash aralashmasini maxsus pechda suyuqlantiriladi. Shisha massasi soviganda hosil boʻladigan silikat xarsang suvda xona temperaturasida amaliy jihatdan erimaydi, lekin 120— 170° da (avtoklavda) oson eriydi. Eruvchan shishaning suyuq shisha deb ataladigan bu eritmasi kislotabardosh sement va issiqbardosh surkamalar komponenti, yelimlovchi modda (silikat yelim) sifatida, silikat boʻyoqlar olishda, matolarga shimdirish va boshqalar ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |