Kontent qismiga oʻtish

Suyurgʻatmishxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suyurgʻatmishxon, Suyurgʻatmish oʻgʻlon (toʻliq ismi Suyurgʻatmishxon ibn Donishmandcha ibn Hindu ibn Burhon ibn Molik ibn Oʻqtoyxon) (? — 1388) — Balx yaqinidagi Oʻrpuz mavzeida Amir Temur tomonidan nomigagina Movarounnahr taxtiga oʻtqazilgan chingiziy xon (1370—88). Xonlik darajasiga koʻtarilgunga qadar S. Soxibqironning ulugʻ beklaridan biri boʻlib, qator harbiy yurishlarda ishtirok etgan. Saltanat Amir Temur tasarrufiga kirgandan soʻng arkoni davlat, beklar, amirlar va noʻyonlar bilan ittifoklikda xonlikning S.ga tayin qilinganligi qayta eʼtirof etilgan. Chingizxon oʻz saltanatini oʻgʻillariga taqsimlab bergan vaqtda (1224) Xorazmdagi Xivaq va Kot sh.lari Chigʻatoyxon avlodiga berilgan edi. Sohibqiron davlat tepasiga kelgach, Husayn Soʻfidan bu yerlarni S.ga topshirishni talab qilgan. Amir Temurning 1371—72-yil Xorazmga uyushtirgan 1yurishida S. ham bevosita ishtirok etadi. 1388-yil Amir Temur 4marta Xorazmga yurishga ketgan paytda S. Buxoroda betob boʻlib qoladi va bir necha kundan keyin vafot etadi. Xorazmdan qaytgan Sohibqiron noʻyonlar, beklar va davlat arkonlari bilan oʻtkazilgan qurultoyda xonlik kursisiga S.ning oʻgʻli Sulton Mahmudni koʻtaradi.

  • Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1966; M irzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1993.