Suyurlitepa
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi antik davrga tegishli tarixiy yodgorlik. Hozirgi kunda tarix fanlari doktori, professor, arxeolog olim Ahmadali Asqarov boshchiligida arxeologik ekspeditsiyalar olib borilmoqda[1]. Suyurlitepa yodgorligi Ohangaron daryosining chap sohilida, Qurama tog`larining shimoliy etaklarida joylashgan tarixiy makon. O`tgan asrning 60-yillarida akademik Yahyo G'ulomov tashabbusi bilan Toshkent vohasini o`rganish maqsadida Toshkent arxeologik ekspeditsiyasi tashkil etilgan edi. Mazkur ekspeditsiya davomida qadimgi Choch va Iloq davlatlarining tarixiy shaharlari tadqiq etib, o'rganildi. Mazkur ekspeditsiya jarayonida Suyurlitepa yodgorligi e'tibordan chetda qoldi, shu sababli ham mazkur yodgorlik haqida ensiklopediyalardan ma'lumotlar topilmaydi. Yodgorlik haqida tadqiqotlarda Suyartepa, Munchoqtepa, Saviltepa, Suyritepa kabi nomlar ostida uchratish mumkin.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu yodgorlik Buyuk Ipak yo'li ustida Farg`ona vodiysidan Toshkentga o'tishda ilk shahar hisoblanadi. Yodgorlik hududida ilk aholi yashash manzillarining aniqlanishi antik davrga to'g'ri keladi. Shahar yodgorlikning janubiy qismlaridan Qovunchi II madaniyati izlari topilgan.
Antik davr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Isabekov Behzod Imomali o’g’li. (2020). Ancient city on the Great Silk Road. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1 (5), 319-322. Retrieved from https://summusjournals.com/index.php/ijdiie/article/view/431