Kontent qismiga oʻtish

Sven Ulreich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sven Ulreich
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sven Ulreich
Tavallud sanasi 3-avgust 1988-yil (1988-08-03) (36 yosh)
Tavallud joyi Schorndorf, West Germany
Boʻyi 1.92 m[1]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bavariya
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1993—1994 TSV Lichtenwald
1994—1998 TSV Schornbach
1998—2007 VfB Stuttgart
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2009 VfB Stuttgart II 73 (0)
2008—2015 VfB Stuttgart 176 (0)
2015—2020 Bavariya 45 (0)
2020—2021 Hamburger SV 32 (0)
2021- Bavariya 6 (0)
Milliy terma jamoa
2003—2004 Germany U16 2 (0)
2007 Germany U19 3 (0)
2009—2010 Germany U21 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(30-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-avgust 2010-yil uchun)

Sven Ulreich (1988-yil 3-avgustda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing „Bavariya" klubi darvozaboni.

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Shtutgart II ning 2007-08-yilgi mavsumidagi dastlabki toʻrtta oʻyinida asosiy darvozabon boʻlgan va oʻsha davrda ikki marta oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Oʻtgan mavsumda u 10 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita sariq kartochka olgan.

2008-yil yanvar oyida u VfB Shtutgartning birinchi jamoasiga qoʻshildi[2]. U 2008-yil 9-fevralda „Gerta“ga 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda jamoadagi debyutini oʻtkazdi.

2010-yilning 6-aprelida Ulreich VfB Shtutgart bilan shartnomasini 2013-yilning yozigacha uzaytirdi[3]. 2012-yilning 20-yanvarida esa u shartnomasini 2017-yil iyunigacha uzaytirdi[4].

2015-16-yilgi mavsumda Ulreich "Bavariya"ga oʻtdi[5]. U 1998-yildan beri Shtutgartda oʻynar edi[6].

„Bavariya“

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ulreich 2019-yilda

Ulreich 2015-16-yilgi mavsum oldidan „Bavariya“ga oʻtdi va 2018-yilgacha davom etadigan shartnoma imzoladi[7]. U 2015-yilgi DFL-Superkubogi oʻyinlarida zaxira oʻrindigʻida qolib ketdi[8]. U 2015-16-yilgi mavsumda bor yoʻgʻi uchta oʻyinda maydonga tushirildi[9]. U 2016-17-yilgi mavsumnda esa yettita oʻyinda maydonga tushgan[10].

U 2017-18-yilgi mavsumda asosiy darvozabon Manuel Noyerning uzoq muddatli jarohati tufayli „Bavariya“da muntazam maydonga tusha boshladi[11]. Ulreich 2017-18-yilgi mavsumni Germaniya Superkubogida oʻynash bilan boshladi[12]. Ulreich „Bavariya“ni ketma-ket oltinchi marta Germaniya Bundesligasi chempioni boʻlishiga oʻz xissasini qoʻshdi[13]. Biroq, „Bavariya“ 2017-18-yilgi Chempionlar ligasining yarim finalidan „Real“ ga qarshi oʻyinda Ulreichning xatosi tufayli chiqib ketdi[14][15][16]. „Bavariya“ umumiy 4:3 hisobida yutqazdi[14]. U 2017/18-yilgi mavsumda jami 47 ta oʻyinda maydonga tushgan[17].

„Bavariya“ 2020-yilning yozida yana bir darvozabon Aleksandr Nyubelni sotib olganidan soʻng, kelajakda Manuel Noyerning oʻrniga kim darvozabon boʻlishi haqida munozaralar paydo boʻldi[18][19][20]. Bundesliga klubi Gamburger SV 2020-yil oktabr oyi boshida transfer oynasi tugashiga oz vaqt qolganda uch yillik shartnoma bilan Ulreichni oʻz tarkibiga qoʻshib oldi[21]. U yerda 32 yoshli futbolchi yangi bosh murabbiy Daniel Tiunning qoʻl ostida Daniel Heuer Fernandes oʻrniga darhol bosh darvozabon sifatida ish boshladi[22].

2021-yilning 4-iyunida Ulreichning GSV bilan shartnomasi muddatidan avval bekor qilinadi[23].

„Bavariya“ga qaytishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 27-iyunida Ulreich „Bavariya“ga qaytdi[24].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ulreich Germaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari bilan

Ulreich shuningdek, Germaniya U16, Germaniya U19, Germaniya U21 jamoalari aʼzosi boʻlgan va kattalar jamoasiga chaqiruv olgan. 

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
match played 30 April 2022.
Klub Mavsum Liga Kubok1 Kontinental2 Boshqa3 Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
VfB Shtutgart II 2006-07 Regionalliga Süd 10 0 10 0
2007-08 19 0 19 0
2008-09 3. Liga 36 0 36 0
2009-10 8 0 8 0
Jami 73 0 73 0
VfB Shtutgart 2007-08 Bundesliga 11 0 1 0 0 0 12 0
2009-10 4 0 1 0 0 0 5 0
2010-11 34 0 3 0 11 0 48 0
2011-12 34 0 4 0 38 0
2012-13 34 0 6 0 12 0 52 0
2013-14 31 0 1 0 4 0 36 0
2014-15 28 0 1 0 29 0
Jami 176 0 17 0 27 0 220 0
Bavariya 2015-16 Bundesliga 1 0 1 0 1 0 0 0 3 0
2016-17 5 0 1 0 1 0 0 0 7 0
2017-18 29 0 6 0 11 0 1 0 47 0
2018-19 9 0 3 0 0 0 0 0 12 0
2019-20 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Jami 45 0 11 0 13 0 1 0 70 0
Hamburger SV 2020-21 2. Bundesliga 32 0 0 0 32 0
Bavariya 2021-22 Bundesliga 6 0 1 0 1 0 0 0 8 0
2022-23 Bundesliga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 6 0 1 0 1 0 0 0 8 0
Faoliyatidagi jami !332 0 29 0 41 0 1 0 393 0

Bavariya“

  1. „Sven Ulreich“. VfB Stuttgart. 24-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2011-yil.
  2. „Sven Ulreich signs professional contract“. vfb.de (2-yanvar 2008-yil). 18-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2008-yil.
  3. „Ulreich signs till 2013“. vfb.de. VfB Stuttgart (6-aprel 2010-yil). 7-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-aprel 2010-yil.
  4. „Triple contract extension“. vfb.de. VfB Stuttgart (20-yanvar 2012-yil). 14-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2012-yil.
  5. Kneer, Christof. „Jörg Butt in jung“ (olmoncha). Süddeutsche Zeitung (16-iyun 2015-yil). Qaraldi: 16-iyun 2015-yil.
  6. „Ulreich wechselt zu den Bayern“ (olmoncha). kicker (16-iyun 2015-yil). Qaraldi: 16-iyun 2015-yil.
  7. Kneer, Christof. „Jörg Butt in jung“ (olmoncha). Süddeutsche Zeitung (16-iyun 2015-yil). Qaraldi: 16-iyun 2015-yil.
  8. „Joker Bendtner ist zweimal zur Stelle“ (olmoncha). kicker (1-avgust 2015-yil). Qaraldi: 2-avgust 2015-yil.
  9. „Sven Ulreich“ (olmoncha). kicker.de. Qaraldi: 14-may 2016-yil.
  10. „Sven Ulreich“ (olmoncha). kicker.de. Qaraldi: 29-aprel 2017-yil.
  11. „Bayern Munich’s No. 1 Debate: Manuel Neuer or Sven Ulreich?“. thegoalmouthscramble.net (13-aprel 2018-yil). 17-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2022-yil.
  12. „Bayerns erster Titel dank Flippertor und Ulreich“ (olmoncha). kicker.de (5-avgust 2017-yil). Qaraldi: 5-avgust 2017-yil.
  13. Begley. „Bayern Munich wrap up sixth Bundesliga title in a row with win over Augsburg“. BBC Sport (7-aprel 2018-yil). Qaraldi: 17-aprel 2018-yil.
  14. 14,0 14,1 „Spektakel in Madrid: FC Bayern nach 2:2 ausgeschieden“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 1-may 2018-yil.
  15. Sherlock. „Bayern Munich goalkeeper Ulreich apologises for horror Champions League gaffe“. Goal.com. Qaraldi: 2-may 2018-yil.
  16. Pisani. „James: Ulreich shouldn't be blamed for Champions League exit“. Goal.com. Qaraldi: 2-aprel 2018-yil.
  17. „Sven Ulreich“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 1-may 2018-yil.
  18. Wild, Karlheinz. „Ulreich: "Der Transfermarkt gibt nicht so viel her"“ (olmoncha). kicker (1-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  19. „Nübel stellte "Vertrauensfrage", Ulreich will "Nr. 1" sein“ (olmoncha). sport.de (1-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  20. „FC Bayern München und die Torhüterfrage: Ulreich will weg - Nübel präferiert Leihe“ (olmoncha). SPOX (1-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  21. „Sven Ulreich signs for HSV“. FC Bayern Munich (3-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 3-oktabr 2020-yil.
  22. „HSV wechselt den Torwart – Sven Ulreich verdrängt Heuer Fernandes“ (olmoncha). Welt (15-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  23. Vice. „Ulreich and Hamburger SV terminate contract, report links keeper with return to Bayern“. BuLi News (5-iyun 2021-yil). Qaraldi: 5-iyun 2021-yil.
  24. „Nübel loaned out; Ulreich returns“. FC Bayern Munich (27-iyun 2021-yil). Qaraldi: 27-iyun 2021-yil.
  25. „Robert Lewandowski double as Bayern Munich overcome Borussia Dortmund to win the Supercup“. Bundesliga Official. Bundesliga. Qaraldi: 11-oktabr 2021-yil.
  26. „Joker Javi Martinez köpft Bayern zum Supercup“ (olmoncha). kicker.de (24-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
  27. „Sven Ulreich voted 'Player of the Season'“. FC Bayern Munich (15-iyun 2018-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2018-yil.