Kontent qismiga oʻtish

Georgiy Sviridov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sviridov Georgiy Vasilyevichdan yoʻnaltirildi)
Georgiy Sviridov
Tavalludi 16-dekabr 1915
Vafoti 6-yanvar 1998
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Rossiya SFSR, SSSR va Rossiya

Georgiy Vasilyevich Sviridov [1915.3(16)12, hozirgi Kursk viloyati Fatej shahri. — 1998, Moskva] — rus kompozitori va jamoat arbobi. Xalq artisti (1970). Mehnat Qahramoni (1975). 20-asr musiqa sanʼatining yirik namoyandasi. Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1941). Rossiya kompozitorlar uyushmasi boshkaruvi raisi (1968—73). Ijodiy uslubi rus musika folklori, shuningdek, 20-asr musiqa anʼanalari bilan uzviy bogʻlangan; asarlari mazmundorligi, ravshan va sodda ifodasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, vokal va vokalsimfonik janrlarga keng murojaat qilgan: "Yesenin xotirasiga" vokalsimfonik poemasi, "Patetik oratoriya", "Kursk qoʻshiqpari", "Bahor kantatasi", "Pushkin gulgchambari", romans turkumlari va boshqa Simfonik, kamercholgʻu asarlar, spektakl va kinofilmlar uchun musiqalar yozgan. Davlat mukofoti (1946, 1968, 1980), Rossiya davlat mukofoti laureati (1994).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil