Kontent qismiga oʻtish

Kursk viloyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kursk viloyati – Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. Markaziy Qoratuproq iqtisodiy rayoniga kiradi. 1934-yil 13 iyunda tashkil etilgan. Maydoni 29,8 ming km². Aholisi 1336,4 ming kishi (1998), asosan ruslar; shuningdek, belorus, ukrain va boshqa ham yashaydi. Shaharliklar 60,9%. 28 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 23 shaharcha bor (1998). Markazi – Kursk shahri.[1]

Kursk viloyati Rossiya Yevropa qismining markazida Oʻrta Rossiya qirlarida joylashgan. Oʻrtacha balandligi 200 m. Foydali qazilmalari: Kursk magnit anomaliyasi, temir rudasi, fosforit, boʻr, torf, har xil gil, qum va boshqa Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi gʻarbida – 7,7° dan shimolida – 9,4°gacha. Yillik yogʻin 480–600 mm. Vegetatsiya davri 187–193 kun. Asosiy daryolari: Seym va uning irmoqlari. Asosan, qoratuproq, shimoli-gʻarbida sur tusli oʻrmon tuproklari tarqalgan. Viloyat hududida Markaziy qoratuproq qoʻriqxonasi joylashgan.[1]

Kursk viloyati sanoatining yetakchi tarmoqlari: koʻp tarmoqli mashinasozlik va metallsozlik. Temir ruda sanoati (Mixaylovskoye kon boyitish kombinati) Rossiyaning metallurgiya zavodlarini yuqori sifatli xom ashyo bilan taʼminlaydi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida texnik rezina, oʻgʻit, lok-boʻyoq mahsulotlari, Kursk "Ximvolokno" ishlab chiqarish birlashmasida sintetik tola,"Schetmash"da hisoblash mashivalari ishlab chiqariladi. Yengil sanoatda jun mato, ustki va ichki trikotaj, tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoatida shakarqand zavodi bor. Kursk AES mavjud. Bugʻdoy, javdar, arpa va boshqa ekiladi. Asosiy texnika ekini – qand lavlagi. Sabzavotchilik, kartoshkachilik, mevachilik bilan shugʻullaniladi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, parranda boqiladi. Yirik temir yoʻl tugunlari: Velikiye Luki – Novosokolniki – Nevel.[1]

  1. 1,0 1,1 1,2 "Kursk viloyati" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil