Kontent qismiga oʻtish

Astraxon viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rossiya Federatsiyasi subyekti
Астраханская область
Astraxan viloyati
Astraxan viloyati bayrogʻi Astraxan viloyati gerbi
Fayl:Map of Russia – Astrakhan Oblast (2008-03).svg
Administrativ markaz Astraxan
Maydon 49 024 km² (55chi)
- suv qismi 8,5%
Aholi 1 014,2 ming kishi (56chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 20,6 kishi / km²
YaIM 145,4 mlrd rub. (52 chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 146,6 ming rub.
Federal okrug Janubiy
Iqtisodiy tuman Povoljskiy
Gubernator Aleksandr Aleksanrovich Jilkin
RF subyekti kodi 30
Vaqt mintaqasi MSK+4 (UTC+8)

Astraxon viloyatiRossiya Federatsiyasi tarki-bidagi viloyat. Quyi Volga boʻyida, janubiy qismi Kaspiy dengiziga tutashadi. Astraxon viloyati 1943-yil 27-dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 44,1 ming km². Aholisi 1014 ming kishi (1999), asosan, ruslar; qozoq, tatar va ukrainlar ham yashaydi. Astraxon viloyatida 11 ma’muriy tuman, 5 shahar, 13 shaharcha bor. Markazi – Astraxon shahriAstraxon viloyati Kaspiy boʻyi pasttekisligidagi chala choʻllar, Volga-Axtuba qayiri va Volga daryosi deltasini oʻz ichiga oladi. Astraxon viloyati hududida shoʻrxoklar, shoʻr koʻllar hamda qum tepaliklari bor. Shoʻr koʻllardan eng yirigi Bosqunchoq koʻlidir. Iqlimi keskin kontinental va juda quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida – 10°, janubida –6°, iyulniki esa shimolida 24° va janubida 25°. Oʻrtacha yillik yogʻin 200 mm. Eng yirik daryosi Volga va uning tarmogi Axtuba. Tuproqlari och kashtan shoʻrtob va qoʻngʻir tuproqlar. Boshoqlilar, shuvoq, shoʻra, oʻtloq oʻsimliklari oʻsadi. Saygʻoq, turli kemiruvchilar, sudraluvchilar, hasharotlar yashaydi. Volgada 50 dan ziyod baliq turi uchraydi. Neft, gaz, tuz, gips kabi foydali kazilmalar bor. Volga deltasida Astraxon qoʻriqxonasi tashkil qilingan. Astraxon viloyatida oziq-ovqat (baliq, goʻsht, tuz), mashinasozlik, shuningdek yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz sanoati, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik rivojlangan. Yetakchi sanoat tarmoqlari – taxta tilish, yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz sanoati. Kimmatbaho osyotr va chastik baliqlari ovlanadi. Astraxondagi baliq-konserva korxonalarida baliq qayta ishlanadi. Astraxon viloyatida Rossiyada eng yirik boʻlgan Bosqunchoq tuz korxonasi ishlab turibdi. Astraxon viloyatida metallsozlik, kemasozlik va kema tu-zatish sanoati korxonalari, koʻn zavodi va moʻyna fabrikasi mavjud. Qamish plitalar ishlab chiqaruvchi zavod bor. Bugʻdoy, kuzgi javdar, yem-xashak, poliz ekinlari ekiladi. Chorvachilikda goʻsht-jun qoʻychiligi va goʻsht-sut qoramolchiligi rivojlangan. Transportda yetakchi oʻrinni dengiz transporti egallaydi. Volga va uning oʻng tarmogʻi Baxtemir daryo transportida muhim ahamiyatga ega. Astraxon viloyati temir yoʻl orqali Rossiyaning boshqa rayonlari bilan bogʻlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil