Kontent qismiga oʻtish

Bryansk viloyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bryansk viloyatiRossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1944-yil 5 iyudda tashkil etilgan. Bryansk viloyatida 27 tuman, 16 shahar va 31 shaharcha bor. Maydoni 34,9 ming km². Aholisi 1467 ming kishi (1999), asosan ruslar, shuningdek ukrainlar, beloruslar va boshqa yashaydi. Shaharliklar 60%. Markazi – Bryansk shahri.[1]

Bryansk viloyati Oʻrta Rossiya qirlarining gʻarbiy chekkasida, relyefi toʻlqinsimon tekislik. Sharqiy qismi bir oz baland (200–250 m). Torf, fosforit, gil, qum, mergellar bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –7°–9°, iyulniki 18°–19,G. Yiliga 550–600 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Dnepr daryosi havzasiga mansub, eng yirigi – Desna. Asosan podzol tuproq uchraydi. Bryansk viloyatining kattagina qismi oʻrmon zonasida, janubi-sharqiy qismigina oʻrmonli dasht zonasida. Qaragʻay, qoraqaragʻay, qayin oʻsadi. Oʻtloq koʻp.[1]

Bryansk viloyati sanoatida mashinasozlik va metallsozlik yetakchi oʻrinda. Teplovozlar, temir yoʻl vagonlari, yuk avtomobillari, stanoklar, ekskavatorlar, avtogreyderlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, priborlar, yengil sanoat uchun texnologik jihozlar ishlab chiqariladi. Bryanskda "Bryansk mashinasozlik zavodi", "Bryansk elektromexanika zavodi", "Bryansk avtomobil zavodi", yoʻl mashinalari ishlab chiqarish birlashmalari ishlab turibdi. Yengil sanoat jun gazlama ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bryanskda kamvol kombinati, Klinsida movut kombinatlari, kanop yigiruv fabrikalari, "Krasniy gigant" koʻn birlashmasi bor. Qurilish materiallari sanoatida sement, shifer, asbestsement quvurlar, oynashisha, isitish radiatorlari ishlab chiqariladi. Oynashisha zavodlari, Dyatkovo billur zavodi, "Bryansksement" ishlab chiqarish birlashmasi bor. Oʻrmonkimyo kompleksida mineral oʻgʻitlar, qogʻoz va karton ishlab chiqariladi. Taxta tilish, fanera, mebel, yogmoy, konserva korxonalari ishlab turibdi. Mahalliy torf asosida energetika rivojlangan. Bryansk viloyati gʻallakartoshka yetishtirish va sutgoʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari: javdar, suli, grechixa, bugʻdoy, texnika ekinlaridan konoplya, zigʻir, qand lavlagi, tamaki. Qoramol, shu jumladan sigir, choʻchqa, qoʻyechki, parranda boqiladi. Asosiy transporti – temir yoʻl Avtomobil yoʻllari zich. Desna daryosida kema qatnaydi. 3 oliy oʻquv yurti, 26 oʻrta maxsus oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi bor.[1]

  1. 1,0 1,1 1,2 "Bryansk viloyati" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil