Kontent qismiga oʻtish

Pskov viloyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pskov viloyati

Pskov viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1944-yil 23-avgustda tashkil etilgan. Shimoli-Gʻarbiy federal okrugiga kiradi. Rossii Yevropa qismining shimoli-gʻarbida joylashgan. Maydoni 55,3 ming km². Aholisi 760,9 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 66,1%. Markazi – Pskov shahri Boshqa yirik shaharlari – Velikiye Luki, Ostrov. Pskov viloyati tarkibida 24 maʼmuriy tuman, 14 sha-har, 14 shaharcha bor.

Viloyat hududining asosiy qismi tekislik. Lug (shimoli-gʻarbda), Sudom (sharqda), Bejanits (janubi-gʻarbda, balandligi 338 m gacha) qirlari mavjud. Ohaktosh, dolomit, mergel, gips, turli gillar va boshqa konlari, torf katlamlari bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –7°, iyulniki 17°. Yiliga 650 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 120–130 kun. Yirik daryolari: Velikaya va uning irmoklari: Sorot, Cherexa, Pskova, Issa va boshqa Yirik koʻllari: Pskov, Chud; 1,5 mingdan ziyod mayda koʻl bor. Pskov viloyati janubiy tayga va aralash oʻrmonlar zonasida joylashgan. Tuproklari, asosan, podzol va botqoq, daryo vodiylarida allyuvial-oʻtloqi tuproq, Oʻrmonlar viloyat hududining 25% ga yaqinini egallaydi. Los, qobon, oq tovushqon, tulki, oʻrmon suvsari yashaydi. Qushlar, daryo va havzalarda leshch, sudak, choʻrtan, sig, nalim kabi baliq koʻp. Sebej milliy bogʻi mavjud.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, asosan, elektrotexnika (Rossiyada ishlab chiqariladigan kichik quvvatdagi elektrodvigatellarning 1/3 kismi hamda payvandlash as-boblari, avtomobillar uchun elektrotexnika uskunalari, uy-roʻzgʻor elektr asboblari, elektr kabel, avtomat telefon styalari, radiodetallar), yengil (zigʻir tolasi, tikuvchilik, trikotaj), oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari. Eng yirik korxonalari: "Pleskova" (radiodetallar), "Pskovelektromash", "ELVO" (yuqori voltli apparatura); "TESO" (payvandlash uskunalari), "Avar" (avtoelektr-armatura), Velikiye Luki lokomotiv taʼmirlash zavodi, mexanika uzatmalari (tishli gʻildirak, reduktor) zavodlari, "Impuls" (ishkrrli akkumulyatorlar), Pskov zigʻir kombinati, Velikiye Lukida trikotaj fabrikasi, Dedovich issiklik elektr styasi. Bosh sanoat mar-kazlari – Pskov, Velikiye Luki, Ostrov, Nevel shaharlari. Qishloq xoʻjaligida zigʻirchilik, kartoshkachilik, sabzavotchilik, sut chorvachiligi va choʻchqachilik rivojlangan. Suli, yemxashak ekinlari ekiladi. Transport yoʻli uz. 1092 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 9943 km. Chud va Pskov koʻllarida hamda Velikaya daryosining quyi oqimida kema qatnaydi. Pskovda xalqaro aeroport bor. 2 oliy oʻquv yurti, 10 muzey, 2 teatr va filarmoniya ishlab turibdi. Xilovo balneobalchiq kurorti, Izbor tabiiy-meʼmoriy qoʻriqxonasi, Pushkin qoʻriqxonasi mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil