Kontent qismiga oʻtish

Svyatoslav I

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Svyatoslav I (? 972) - Kiyevning ulugʻ knyazi. Knyaz Igorning oʻgʻli. 964 yildan boshlab Kiyevdan Oka, Volga boʻyi, Shimoliy Kavkaz va Bolqon yarim orolga yurishlar qilgan; vyatichlarni xazarlar hukmronligidan ozod etgan, Volga Bulgoriyasi bilan urushgan, Xazar xoqonligini tormor keltirgan (965), 967 y. Bolgariya bilan Dunay boʻyiga egalik qilish uchun kurashgan. Vengerlar, bolgarlar va boshqa bilan ittifoq boʻlib, Rus—Vizantiya urushini olib borgan (970—971). Kiyev davlatining tashqi siyosiy ahvolini mustahkamlagan. Dnepr ostonalarida bijanaklar tomonidan oʻldirilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil