Kontent qismiga oʻtish

Syao Van-chji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Syao Van-chji — Syao Van-chji (mil.avv ?—47) Xitoydagi Xan imperiyasi imperatori Syuan-di (91—49) hukumronligi davrida yashagan olim va davlat amaldori. Tugʻilgan joyi Dunxay oʻlkasi, Lanlin uezdi (Xitoyning hozirgi Shandun oʻlkasi, isyan uyezdining sharqiy qismi) deb keltiriladi. Ikkinchi nomi Chan-tsin boʻlib, qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi oʻrtahol dehqon oilasi vakili boʻlgan. Syao Van-chji yoshlik yillarida Konfutsiylik taʼlimotini chuqur oʻrgangan. Xan imperiyasi saroyida oʻtkazilgan imtihonda muvoffaqiyatli oʻtgan va saroyda tansoqchi vazifasiga ishga qabul qilingan. Kichik ukasi tomonidan amalga oshirilgan jinoyat sababli saroyni tark etishga majbur boʻlgan. Ammo, tez orada ortga qaytarib, chaqirib olingan. Sadoqati va bilimdonligi sabali saroyda mansabi oshib borgan. Xan imperiyasida yuksak martabalarga ega boʻlgan amaldor Xo Guan (?—67) vafot etgandan keyin, Syao Van-chji imperatorga yashirin maʼlumot tayyorlab kiritgan[1]. Chunki, Xo Guan imperator Syuan-diga oʻz qizlaridan birini turmushga bergan boʻlib, imperiya saroyida Xo oilasining taʼsiri katta boʻlgan. Syao Van-chji bergan maslahatga koʻra, imperator Xo oilasi aʼzolarini mansabidan chetlatish kerak boʻlgan. Bu maʼlumot keyinchalik Xo oilasi tomonidan isyon koʻtarishga urinishda oʻz tasdigʻini topgan. Syao Van-chji maslahati bilan Xo oilasi butunlay qirib tashlangan. Syao Van-chji xizmatlari evaziga Pinchyuan oʻlkasining boshligʻi, Sharqiy poytaxt boshligʻi, elchilarni qabul qilish idorasi boshligʻi, bosh senzor va valiahd shahzoda ustozi kabi vazifalarga tayinlangan. Taxtga imperator Yuan-di (mil.avv. 49—33) oʻtirgandan soʻng, imperatorning ustozi sifatida katta mavqega erishgan. Faoliyatining soʻnggida Syao Van-chjiga amaldorlardan Xun Gun va Shi Syanlar tomonidan qilingan tuhmat sababli oʻz joniga qasd qilishga majbur qilingan[2].


  1. Gumilyov L.N. Xunnu. Moskva: Nauka, 1960 — 357-bet. 
  2. Bichurin N.Ya. (Iakinf). Sobranie svedeniy o narodax obitavshix v Sredney Аzii v drevnie vremena, Moskva, 1950 — 287-bet.