Sybille Bammer
Sybille Bammer | |
---|---|
Mamlakat | Avstriya |
Istiqomat joyi | Linz, Avstrya |
Tugʻilishi |
27-aprel 1980-yil Linz |
Boʻyi | 1.74 m sm |
Professionallik | 1997-yil |
Faoliyati tugashi | 2011-yil |
Ishlatadigan qoʻli | chap qoʻl |
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $$1,732,746 |
Yakkalik bahslar | |
Rekordi | 363–338 |
Jami titullari | 2 WTA, 9 ITF |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 19 (17-dekabr 2007-yil) |
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
Australian Open | 3R (2006-yil) |
French Open | 4R (2007-yil) |
Wimbledon | 3R (2006-yil) |
US Open | QF (2008-yil) |
Juftlik bahslari | |
Rekordi | 31–91 |
Jami titullari | 0 WTA, 1 ITF |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 236 (15-yanvar 2007-yil) |
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | 1R (2006, 2007, 2008) |
French Open | 2R (2006-yil) |
Wimbledon | 1R (2006, 2007, 2008, 2009) |
US Open | 1R (2006, 2007, 2008) |
Sybille Bammer (1980-yil 27-aprelda tugʻilgan) — avstriyalik sobiq professional tennischi.
U WTA Tourdagi gastrolga qaytishdan oldin qizi Tinani dunyoga keltirgan. U 2007-yilda Pattaya Open musobaqasida gʻolib chiqqanida, 1989-yilda Laura Arrayyadan keyin 18 yil ichida birinchi marta ona sifatida turnirda gʻolib chiqqan tennischi boʻldi[1].
Tennisdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Linz shahrida tugʻilgan Bammer 2000-yilda Klagenfurt musobaqasida WTA turnirining asosiy toʻr bosqichida debyut qiladi va u yerda nemis tennischisii Andrea Glassga yutqazadi. U Wimbledon chempionati, US Open va Linsdagi turnirda ishtirok eta olmaydi.
2001-yil davomida u qizi Tinani dunyoga keltirish uchun tennisdan tanaffus oladi. Nafaqaga chiqqanida 238-oʻrinni egallagan va endi tennisdagi faoliyati tugaganiga ishongan. U qiziga qarash uchun Avstriyaning Ottenshaym qishlogʻida bir yil qoladi. Chaqaloqning otasi, Kristof Gshvendner, Bammer gastrol safariga qaytishi uchun Tinaga gʻamxoʻrlik qilish uchun muhandislik faoliyatidan tanaffus qilishni taklif qiladi[2].
Uning qizi Tina tez-tez olomon orasida boʻlgan. Bammer qizi haqida shunday dedi: „U har doim maydonda boshqalarga jim boʻlishni aytadi, chunki bu onasiga diqqatini jamlashiga yordan beradi“[3].
2007-yil fevral oyida u professional boʻlganidan oʻn yil oʻtib, nihoyat oʻzining birinchi WTA turniri unvonini qoʻlga kiritdi va birinchi raundda Vasilisa Bardinani, keyin, Anastasiya Rodionova, Martina Sucha, Peng Shuaidan yarim finalda magʻlub etidi. Finalda Gisela Dulko ustidan gʻalaba qozonish yoʻlida uchta oʻyin ochkosini saqlab qoldi[4][5].
Qizi 2007-yil sentyabr oyida Avstriyada maktabni boshlaganligi sababli, Bammer oʻz mavsumini bir oydan koʻproq vaqt davomida uydan uzoqlashtirmaslikka qaror qildi[3].
Bammer oʻzining soʻnggi professional turniri boʻlgan 2011-yilgi Gastein Ladies musobaqasida soʻng nafaqaga chiqdi.
U Serena Williamsga qarshi 2-0 hisobidagi natijaga ega boʻlib, bu uni Serenaga qarshi gʻalaba qozongan kam sonli tennischidan biriga aylantirdi[6]
WTA finallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yakkalik
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilgacha | 2009-yildan boshlab |
---|---|
Katta Dubulgʻa | |
I daraja | Premer |
II daraja | Premer 5 |
III daraja | Premer |
IV va V daraja (1) | Xalqaro (1) |
Natija | Yoʻq. | Turnir | Maydon | Raqib | Hisob |
---|---|---|---|---|---|
Gʻolib | 1. | Pattaya Open, Tailand | Qattiq | Gisela Dulko | 7-5, 3-6, 7-5 |
Gʻolib | 2. | Praga Open, Chexiya | Qumli | Francesca Schiavone | 7-6 (4), 6-2 |
Turnirlar | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | W–L |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Australian Open | A | 3R | 1R | 2R | 1R | 2R | 1R | 4-6 |
French Open | A | 1R | 4R | 1R | 2R | 2R | 1R | 5-6 |
Wimbledon | A | 3R | 2R | 2R | 1R | 1R | 1R | 4-6 |
US Open | 1R | 2R | 4R | QF | 1R | 2R | A | 9-6 |
Gʻalaba — magʻlubiyat | 0-1 | 5-4 | 7-4 | 6-4 | 1-4 | 3-4 | 0-3 | 22-24 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Branch, John. „Tennis: Raising a child and her ranking“. The New York Times (28-iyun 2007-yil).
- ↑ Araton, Harvey. „Success in Singles for a Doubles Team“. The New York Times (30-avgust 2009-yil). Qaraldi: 8-fevral 2014-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Bammer Thrives on Motherhood: BBC Sport 25 June 2007“. 12-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
- ↑ Bammer takes title with epic win
- ↑ „Austriaʼs Bammer wins her first WTA Tournament“. 5-oktabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
- ↑ „Head to Head | Serena Williams vs Sybille Bammer H2H“.